Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Futbolni deb onalarni haqoratlamang!

Futbolni deb onalarni haqoratlamang!

Baho:
+2 | -

Aslida, bu mavzuda oldin ham maqola yozgan edik. Ammo ming afsuski, deyarli foydasi bo‘lmadi.

Ona — muqaddas zot. Har birimiz onamizni hurmat qilamiz. Ona so‘zini aytganda qalbimizda iliq tuyg‘u jo‘sh urishi ham bor gap. Lekin...

Nafaqat “stadion.uz”, balki boshqa saytlardagi kommentlarni o‘qiganimda hayratdan yoqa ushlayman. Bir-birimizni shunaqangi haqorat qiladigan bo‘lib ketganmizki? Ayniqsa, onadan so‘kishlar shunaqangi avj olganki... Bizga nimalar bo‘lyapti o‘zi?

Saytga kiradiganlar, komment yozadiganlar aqlini bilib, tanib ulgurganlar. Ular orasida onaning muqaddas zot ekanligini, har kimning onasi borligini bilmaydigan inson bo‘lmasa kerak.

Holat shu darajaga yetib keldiki, bir-birimizga qarshi chiqishga ustamiz va darrov onadan so‘kinishni boshlaymiz. Hatto bu so‘kinishlarning yangidan-yangi ko‘rinishlarini yaratamiz. Ayniqsa, Messi va Ronaldu mavzusi to‘qnash kelganda...

Muxlislar “Messi va Ronaldu qiyoslangan xabarlarni kamroq chiqaringlar”, “Provakasiya qilmanglar”, deya e’tiroz bildirishadi. To‘g‘ri, biz shunday xabarlarni joylaymiz, maqsad — o‘quvchining e’tiborini tortish. Har doim talabga qarab taklif bo‘ladi. Axborot bozorining talabi shunaqa. Messi haqidagi maqolada Ronalduga qiyoslashimizning sababi, bugungi kun o‘quvchisiga shunisi qiziq. Biz o‘quvchi talab qiladigan mavzuni, o‘quvchi xohlaydigan mavzuni berishimiz kerak. Maqsadimiz, o‘quvchilarni ko‘proq jalb qilish, e’tiborni tortish, kerak bo‘lsa kommentlarni ko‘paytirish. Ammo bu siz so‘kining, degani emas-ku! Hatto muxlislarning onadan so‘kinishida saytni ayblaganlar ham bo‘ldi “Siz ataylab shunday qilasizlar”, deb. Kechirasiz-u, biz “Shuni joylasak, faloncha faloncha bilan janjallashadi, faloncha falonchani onasidan so‘kadi, zo‘r bo‘ladi”, deb niyat qilmaymiz. Astag‘firulloh! Buning bizga hech bir foydasi va keragi yo‘q. Aksincha, dilimiz og‘riydi. Biz o‘quvchilarni bahs-munozaraga chorlaymiz, qanday bahs-munozara qilish esa o‘zingizga havola.

Messi yoki Ronaldu, “Real” yoki “Barselona” — bu futbolchilar yoki jamoalarning kuchi, bir-biridan farqi borasida sog‘lom fikrlar orqali bahslashish mumkin-ku. Yo‘q, biz bir-birimizni yerga urishga, haqorat qilishga intilamiz. Birov bizning onamizni so‘ksa, jahlimiz chiqadiyu, ammo o‘zimiz birovni onadan so‘kaveramiz. Kimdir onamizni haqoratlasa, bu ishni jirkanch ish sifatida qabul qilib, hazm qilolmaymiz-u, tag‘in o‘zimiz javoban xuddi shunday jirkanch ishga qo‘l uramiz.

Ahvol shu darajadaki, onadan so‘kish “Yaxshimisan, ishlaring yaxshimi”, degandek oddiy gap bo‘lib qoldi. Har ikki gapning birida “E onangni...”, “Sani onang shunaqa” va shunga o‘xshash kurakda turmas gaplarni keltiramiz.

Bilasizmi, ana shu maqolaga bildirilgan kommentlar orasida ham qo‘pol so‘zlar bo‘lsa, onadan so‘kishsa, hatto menga nisbatan ham haqoratlar bo‘lsa, ajablanmayman.

Payg‘ambarimiz e’zozlagan onalar haqqi sizdan iltimos qilaman, onalarimizni haqoratlamang. Futbol, Messi, Ronaldu va hokazolar o‘tkinchi, gunohga botmaylik. Siz birovni so‘ksangiz, u sizning onangizga kelib tegadi. Shuni unutmang!

Nizomjon ISLOMOV

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:01, 23.11.2019.
O'qildi: 9886 marta.
Fikrlar: 22 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.