Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

APL. «Arsenal» so‘nggi soniyalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi (videosharh)

APL. «Arsenal» so‘nggi soniyalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi (videosharh)

Baho:
+ | -

Angliya premyer-ligasining 13-turi doirasida «Arsenal» o‘z uyida «Sautgempton»ni qabul qildi. Unai Emeri shogirdlari bu bahsda qiyinchilik bilan mag‘lubiyatdan qutulib qolishdi.

Mehmonlar tezkor gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. Denni Ingz bahsning 8-daqiqasida hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan 10 daqiqa o‘tib Aleksandr Lyakazett hisobni tenglashtirdi.

Uchrashuvning 57-daqiqasida omad "Sautgempton" tomonida bo‘ldi. Nikolya Pepe "qaychi" uslubida zarba berganidan so‘ng to‘p darvoza to‘siniga tegib qaytdi. Bahsning 70-daqiqasida Kiran Tirni qo‘li bilan Ingzni tortib qolgani uchun "Arsenal" darvozasiga penalti belgilandi. Uord-Prouz bergan zarbani "kanonirlar" posboni Bernd Leno qaytardi. Jeymsning o‘zi qaytgan to‘pni darvozaga joylab, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

O‘yinning so‘nggi daqiqalarida "Sautgempton" futbolchisi Mussa Jenepo ikkita yuz foizli imkoniyatdan foydalana olmadi. Qo‘shib berilgan 6-daqiqada esa "Arsenal" hisobni tenglashtirdi. Qanotdan yetkazilgan uzatmaga chiqishda mehmonlar darvozaboni Makkarti xatoga yo‘l qo‘ydi. Lyakazett esa 8 metrdan darvozani zabt etdi.

Shu tariqa, "Sautgempton" g‘alaba qozonishi mumkin bo‘lgan o‘yinda, bor-yo‘g‘i ochko bilan kifoyalandi. Jamoa 9 ochko bilan 19-o‘rinni egallab turibdi.

Angliya chempionati, 13-tur
Arsenal – Sautgempton 2:2 (1:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 8 Ingz, 1:1 – 18 Lyakazett, 1:2 – 71 Uord-Prouz, 2:2 – 90+6 Lyakazett.
Arsenal – Leno, Belyerin (Martinelli, 83), Papastatopulos, Chembers (Pepe, 46), Tirni, Torreyra (Uillok, 83), Genduzi, Ozil, David Luiz, Lyakazett, Obameyang.
Sautgempton – Makkarti, Soaresh, Bednarek, Bertran, Stivens, Armstrong (Bufal, 86), Xeybyerg, Uord-Prouz, Redmond, Obafemi (Djenepo, 76), Ingz (Long, 73).
Ogohlantirishlar: Torreyra (23), Papastatopulos (28), Ingz (31), Lyakazett (45), Pepe (65), Tirni (69), Bertran (81), Genduzi (89).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:20, 23.11.2019.
O'qildi: 3884 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.