Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem 2-3 Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna 1-1 Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al 1-2 Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya 1-1 Torino
19/09 18:00 Udineze 0-1 Kalyari
19/09 19:00 Brayton 3-0 Arsenal
19/09 19:00 Everton 1-0 Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl 2-1 Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao 0-0 Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor 2-1 Buxoro
19/09 21:00 Roma 2-2 Inter
19/09 21:30 Selta 5-0 Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest 0-1 Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya 0-2 Lasio
20/09 00:00 Sevilya 1-3 Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm - Qizilqum

Mirjalol Qosimov: «Suhrob Sultonov bugun darvozani qahramonlardek qo‘riqladi»

Mirjalol Qosimov: «Suhrob Sultonov bugun darvozani qahramonlardek qo‘riqladi»

Baho:
+ | -

AGMK bosh murabbiyi "Qo‘qon-1912" jamoasiga qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib, matbuot anjumanida jurnalistlar bergan savollarga javob qaytardi.

"FIFA kunlari tufayli yuzaga kelgan jamoamizga as qotdi. Chunki "Qo‘qon-1912"ga qarshi bahsga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Qiziqarli va oson bo‘lmagan bahs bo‘lishini bilgandik. Vodiyda o‘ynash oson emas. Buni doim ta’kidlayman. Bahs bizning jamoa uchun omadli kechdi. Uchrashuv qiziqarli vaziyatlarga boy tarzda o‘tdi. Futbol shunday o‘yinki, qachonki sen urmasang, unda senga urishadi. Gol urmasdan g‘alaba qozonib bo‘lmaydi. Garchi mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsada, "Qo‘qon-1912" jamoasi bugun juda yaxshi harakat qildi. Birinchi bo‘lim startida va o‘yin oxiriga qadar hisobda ortda borayotgan bo‘lsada oxirigacha kurashdi. O‘ylashimcha, bugungi bahs muxlislarga manzur keldi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bugun darvozabonimiz Suhrob Sultonov ajoyib bahsni o‘tkazdi. Ko‘plab vaziyatlarda jamoamizni muqarrar gollardan qutqarib, qahramonlik ko‘rsatdi. Jamoamiz esa imkoniyatlardan samarali foydalandi. Shuningdek, yana qator vaziyatlar sodir etildi. Kelasi o‘yinlarda "Qo‘qon-1912" jamoasiga omad tilayman. Ochig‘i, bugun raqib menda juda ham yaxshi taassurot qoldirdi.

Birinchi davraga nisbatan jamoamizda o‘sish kuzatilmoqda? Hozir jamoamga yoki ishimizga baho berishim biroz noto‘g‘ri bo‘ladi. Buni chetdan kuzatayotganlar baholagani ma’qul. Ha, jamoa ikkinchi davraga kelib ancha o‘sganini ta’kidlashim mumkin. Bir jamoani shakllantirish uchun ma’lum vaqt talab etiladi. Oddiy misol, uy qurayotganda avval poydevori yaratiladi, g‘isht teriladi, keyin tayyor bo‘lgach jihozlanadi va hokazo. Futbol ham shunga o‘xshash. Yangi jamoani birpasda to‘liq shakllantirib bo‘lmaydi. Futbol ham o‘ziga yarasha san’at. Bejizga bu sport turini millionlar o‘yini deb aytishmaydi. Shu boisdan ham yangi jamoani qurish uchun vaqt kerak bo‘ladi. To‘g‘ri, jamoamiz futbolchilari o‘zaro o‘yin tushunchasi, hamjihatlik oshib bormoqda. Faqat, afsuski, endi mavsum deyarli yakunlanib bormoqda (kuladi). Bir jamoani yaxshi shakllantirib, har taraflama raqobatbardosh qilish uchun ba’zan yillar kerak bo‘ladi. Masalan, "Lokomotiv" ham O‘zbekiston chempioni bo‘lish uchun 5 yil sarfladi. "Paxtakor"ni olaylik, ularning imkoniyati yuqori bo‘lsada, yangi qurilgan jamoa uchinchi mavsumda chempionlikka erishdi. Katta ishlar asta-sekinlik bilan bo‘ladi.

Mirjamolning burchak zarbasidan urgan goliga keladigan bo‘lsak, bu birinchi marta emas. Avval ham bunday gollar kiritgan. "Bunyodkor" safida ham, AGMKda ham joriy mavsum burchak zarbasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri gol urgandi. Ha, bu borada mashg‘ulotlarda alohida ishlanadi va bunga ma’lum vaqt sarflaymiz. Nafaqat Mirjamol, balki butun jamoa standartlar ustida maxsus dastur asosida shug‘ullanadi", — deya o‘yindan keyingi matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob qaytardi Mirjalol Qosimov.

Manba: www.fc-agmk.uz
Kiritildi: 00:06, 24.11.2019.
O'qildi: 2656 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик