Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Odatga aylanayotgan g‘alati xolat

Odatga aylanayotgan g‘alati xolat

Baho:
+ | -

Istalgan sport turi bo‘lmasin, chempionlikni qo‘lga kiritishdan ko‘ra uni ushlab qolish mushkulroq. Ushbu atama futbolga ham yuz foiz taluqli desak, adashamgan bo‘lamiz. Ayniqsa, so‘nggi JCHda g‘olib chiqqan jamoalarning keying mundialda ishlari sira yurishmayapti. Bugun biroz o‘tmishga nazar solamiz.

Braziliya 1966-yil

Barchasi aynan Braziliya terma jamoasidan boshlangan edi. Angliyada bo‘lib o‘tgan musobaqaga amaldagi chempionlar sifatida tashrif buyurgan charp to‘p afsungarlari o‘rtamiyona guruhda qolib ketishgan edi. To‘g‘ri, u paytga kelib Braziliyada avlodlar almashinuvi kuzatilayotgan va davlat siyosiy muammolar girdobida qolgan edi. Balki, shu sabab ushbu yurt vakillari guruhdan chiqa olmagan ilk amaldagi jahon chempionlariga aylangan bo‘lishsa, ajab emas.

Fransiya 2002-yil


Eng qizig‘I shundaki, Fransiya ushbu musobaqaga qadar, qit’a chempionligi va konfederasiyalar kubogini qo‘lga kiritgan jamoa edi. Tarkibida Anri, Zidan, Viltor singari ijrochilari bor jamoa ilk uchrashuvda mundialda debyutini o‘tkazayotgan Senegallga imkoniyatni boy berib qo‘yadi. Ushbu tarsakidan o‘ziga kela olmagan fransuzlar ikkinchi turda Urugvay bilan during o‘ynashadi va xal qiluvchi turda Daniyadan javobsiz ikkita gol qabul qilib olishadi. Eng achinarlisi shundaki, o‘z davrining eng hujumkor jamoasi Yaponiya va Koreyada bo‘lib o‘tgan musobaqani birorta gol ham kirtmay turib tark etadi. Musobaqadan so‘ng, Lemiyer Fransiya terma jamoasi postini o‘z istagi bilan tark etdi.

Italiya 2010-yil

Italiya terma jamoasini 2006-yildagi mundial g‘olibligiga boshlab borgan Marchello Lippining musobaqa starti oldidan terma jamoaga qaytishi ko‘plab muxlis va mutaxassislarda qiziqish uyg‘otgan bo‘lsada, hammasi o‘zgacha ko‘rinish oldi. Bir qarashda kuchsiz guruhdan o‘rin olgan Italiya guruha so‘nggi pog‘onada qolib ketishga majbur bo‘ldi..

Avvaliga Paragvay bilan o‘yinda mag‘lubiyatdan zo‘rg‘a qutulib qolgan Italiya ikkinchi turda Yangi Zellandiyaning qarshiligini sindira olmaydi. Uchrashuv davomida amaldagi chempionlar qanchalar urunishmasin, so‘nggi zarbani beruvchi futbolchi topilmadi va tomonlar ochkolarni bo‘lishib olishdi. Tan olish lozim, Italiya birinchi turda o‘zining asosiy davrozaboni sanalmush Janluiji Buffoni yo‘qotgach, guruh o‘yinlarini ikkinchi darvozabon bilan o‘tkazishga majbur bo‘lishgan va Buffoning yo‘qligi ham natijaga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi. Hal qiluvchi turda Slovakiya bilan to‘qnash kelgan Italiya uchun durang  natija ham play-off yo‘llanmasini taqdim etar edi, biroq o‘sha bahsda Italiya 2 : 3 natijasi bilan mag‘lub bo‘ladi va musobaqani alamli tarzda tark etadi. Terma jamoaning omadsiz ishtirokidan so‘ng, Lippi barcha aybni o‘z zimmasiga oldi va ko‘p o‘tmay iste’fo e’lon qildi.

Ispaniya 2014-yil

O‘zining oltin davrini o‘tkazgam Ispaniya futboli ham bu muammoni bartaraf etishning uddasidan chiqa olmagani ajablanarli. 2014-yilda Braziliyaga amaldagi JCH va «Evro» g‘olibi sifatida tashrif buyurgan ispanlar ham o‘z guruhlarida qolib ketishgani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa, ajab emas. Ispaniyaning oltin avlodi ilk uchrashuvdayoq Gollandiyadan 1 : 5 hisobidagi ayanchli mag‘lubiyatni qabul qilib olgan bo‘lsa, ikkinchi turda Chiliga 0 : 2 hisobida mag‘lubiyatga uchraydi. Hech narsani o‘zgartirmaydigan 3-tur o‘yinida Avstraliya ustidan g‘alaba qozongan Ispaniyaning ortga qaytishdan boshqa chorasi qolmaydi. Ushbu omadsizlik ispaniyalik muxlisalrni shok xolatiga tushirib qo‘ygan bo‘lsada, Visente Del Boske o‘z o‘rnida yana 2 yil o‘tiradi va 2016-yildagi qit’a chempionatidan so‘ng iste’foga chiqadi.

Germaniya 2018-yil

Rossiya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tgan musobaqaga amaldagi chempionlar sifatida tashrif buyurgan Germaniyaning imkoniyatlariga hech kim shubha qilmagani aniq. Shvesiya, Meksika va Janubiy Koreya terma jamoalariga qarshi guruh bosqichida to‘p surgan jamoaning guruhda qolib ketishi hech kimning xayoliga ham kelmagan bo‘lsa, ajab emas. Avvaliga Meksikaga sensasion tarzda mag‘lub bo‘lgan Germaniya Shvesiya ustidan g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ladi, biroq hal qiluvchi uchrashuvda qit’adoshlarimizdan uchralgan mag‘lubiyat butun nemis futbolini larzaga solib yuboradi. Ushbu omadsizikdan to‘g‘ri xulosa chiqargan Germaniya terma jamoasi qisqa fursatda yoshartirilgan va yangi nomlar bilan boyitilgan xolda qayta tuzib chiqishni uddalagani tahsinga sazovar.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 12:45, 25.11.2019.
O'qildi: 4208 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.