Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Bobur Akmalov: O‘ylab qoldim...

Bobur Akmalov: O‘ylab qoldim...

Baho:
+ | -

Bundan chamasi bir yil avval sharhlovchilikka endi kirib kelgan, ichki chempionatning o‘yinlarini qo‘rqa-pisa sharhlab, o‘zimda katta qiziqish bo‘lgani uchun Libertadores kubogi finalini sharhlashga jazm qilgan paytlar edi. Meni – endi atak-chechak qilayotgan sharhlovchini, adashmasam, Stadion.uz saytida bir muallif sharhlovchilar kuchli beshligiga kiritgandi. Xursand bo‘lgandim. Marhum Davlat Turdialiyev, Xayrulla Hamidov, Davron Fayziyev, Mirzahakim To‘xtamirzayev bilan birga nomim bitilgandi o‘sha reyting-maqolada.

Ha, u bir insonning maqolasi, shaxsiy fikrlari, nisbiy reyting edi balki. Bir necha yillar, ayrimlari o‘nyillar futbol sharhlab yurgan maestrolar qatorida o‘zimni ko‘rish... mubolag‘a reytingdir, ehtimol, lekin yoqimli edi.

Oradan yil o‘tdi. Endi bunday reytinglar, so‘rovnomalar ko‘p uchray boshladi. Turli saytlar, telegram-kanallar va yana boshqa platformalar asosan maestro Xayrulla Hamidov va Davron Fayziyev yoniga meniyam qo‘yishi oddiy holga aylandi. Va respondentlar meni ulardan keyingi o‘rinda bot-bot e’tirof etishlari, ammo ulardan gigant farq bilan ortda qolishim ham bugunim uchun oddiy hol.

Bu sexga kiribmanki, o‘rganyapman. Dangasaroqligim bois sekin o‘rganyapman, menimcha. Endi futbol sharhlamasam zerikib qolaman, xumori tutadi, mazam qochadi. Ayniqsa katta o‘yinlarga harisman.

Aslida MAESTROga yetvolishim mahol, balki umuman yetolmasman.  Lekin maqsad bu emas. Maqsad O‘ZIM bo‘lish. Kimdir so‘kadi meni, kimdir mazza qiladi qay bir gapimdan, kimdir televizor ovozini o‘chirib qo‘yadi, kimdir meni ko‘klarga ko‘taradi...

Hammaga birdek yoqishning iloji yo‘q. Hammaga birdek yoqishni istamayman hatto. Xarakterim chatoq, so‘zlarim tikon va zahar; cho‘rtkesar va emosional, adolattalab va tili tiyilmas odam bo‘lganim uchun antiBoburchilar ko‘pligini ham bilaman. Ammo men o‘zgarmayman. Sharhlarimga bu halal bermaydi. Borim shu!

Xullas, kanalimda qo‘yayotgan so‘rovnomalar "menga ovoz bering", deyish uchunmas. Aksincha, shartmas ovozingiz. Baribir maestrolardan keyindaman. Lekin baribir ular bilanman-ku!

Yashasin futbol! Yashasin so‘z! Yashasin erkin so‘z!

Bobur AKMALOV.

Kiritildi: 16:06, 26.11.2019.
O'qildi: 8151 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик