Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

YECHL. «A» guruhi. «Real» g‘alabani va guruh g‘olibligini qo‘ldan chiqardi

YECHL. «A» guruhi. «Real» g‘alabani va guruh g‘olibligini qo‘ldan chiqardi

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasining "A" guruhidan o‘rin olgan "Real" - "PSJ" o‘yini boshlanmasidan oldin bu guruhdan  pley-off bosqichiga yo‘l olgan ikki jamoaning nomi aniq bo‘lib ulgurgan edi.

Turkiyaning «Galatasaroy» klubi o‘z maydonida Belgiyaning «Bryugge»sini qabul qilib, o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Natijada guruh bosqichi tugashiga 1ta tur qolganida bu ikki jamoa guruh favoritlariga yeta  olmaydigan darajada ortda qolib ketdi.

"Madrid" va "Pari-Sen Jermen" o‘rtasidagi o‘yin esa guruh peshqadamligi uchun kechdi. Zidan jamoasi bugun o‘zining eng yaxshi o‘yinlaridan birini namoyish qilib berdi. Bahsning 17-daqiqasida mezbonlar hisobni ochishdi. Karvaxalning uzatmasidan keyin Azar zarba berdi va to‘p ustunga tegib qaytdi. Benzema esa to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi.

Uchrashuvning 43-daqiqasida juda qiziq voqea yuz berdi. "Real" darvozaboni Tibo Kurtua yakkama-yakka vaziyatga chiqqan Ikardini o‘z jarima maydonchasi ichida yiqitdi. Penalti va qizil kartochka! Ammo VAR vaziyatni qayta ko‘rib chiqqanidan keyin penalti va "qizil" bekor qilindi. Boisi, parijliklar penalti bilan yakunlangan hujumni boshlashdan oldin maydon markazida Marseloga nisbatan qoida buzishgan ekan.

Ikkinchi bo‘limda "Qirollik klubi" ustunlikni o‘z qo‘lida ushlab turdi va 79-daqiqada ikkinchi golni urishga muvaffaq bo‘ldi. Marseloning uzatmasidan keyin Benzema bosh bilan darvozani zabt etdi.

"Real" g‘alabani naqd qilgandek edi go‘yo, ammo qandaydir ikki daqiqa ichida "PSJ" oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. Dastlab Varan va Kurtuaning tushunmovchiligidan Mbappe unumli foydalangan bo‘lsa, mehmonlar keyingi hujumni gol bilan yakunlashdi. Gol muallifi — Pablo Sarabiya.

Shu tariqa, "PSJ" o‘z ochkolarini 13taga yetkazib, guruh g‘olibligini naqd qildi, "qaymoqranglilar" 8 ochko bilan 2-o‘rinni naqd qilishdi.

Yevropa chempionlar ligasi, "A" guruhi. 5-tur
Galatasaroy Turkiya – Bryugge Belgiya 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 11 Byuyuk, 1:1 – 90 Diatta.
Galatasaroy – Muslera, Mariano, Markao Teysheyra, Nagatomo, Bayram (Inan, 80), Lemina, Seri (Yardimji, 90), Feguli, Belxanda (Mor, 87), Byuyuk, Donk.
Bryugge – Minyole, Mexele, Rikka, Deli, Alvares, Bonaventure (Sxreyvers, 58), Vanaken, Diatta, Rits (de Ketelare, 46), Mata, Openda (Okereke, 77).
Ogohlantirishlar: Lemina (14), Rikka (28), Mata (31), Mariano (33), Diatta (66), Nagatomo (85), Mor (90), Muslera (90).
Chetlatishlar: Diatta (90+3), Mata (90+4).

Real Madrid Ispaniya – PSJ Fransiya 2:2 (1:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 17 Benzema, 2:0 – 79 Benzema, 2:1 – 81 Mbappe, 2:2 – 83 Sarabiya.
Real Madrid – Kurtua, Marselo, Varan, Ramos, Karvaxal, Isko (Rodrigo, 82), Kroos, Valverde (Modrich, 76), Kazemiro, Azar (Beyl, 69), Benzema.
PSJ – Navas, MenYE, Tiago Silva, Bernat, Markinyos, Verratti, Guye (Neymar, 46), Di Mariya (Draksler, 75), Kimpembe, Mbappe, Ikardi (Sarabiya, 75).
Ogohlantirishlar: Marselo (68), Menye (89).

Jamoa  O‘     G‘   D  Mag‘-tT - N  Ochko
1 PSJ 5 4 1 0 12-2 13
2 Real Madrid 5 2 2 1 11-7 8
3 Bryugge 5 0 3 2 3-9 3
4 Galatasaroy 5 0 2 3 1-9 2
Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:56, 27.11.2019.
O'qildi: 7680 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.