Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan 3-0 Verona
28/12 19:00 Cremonese 0-2 Napoli
28/12 19:00 Sanderlend 1-1 Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas 0-1 Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya 1-1 Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa

Karlo Anchelotti: "Barcha qo‘rquvlarimizni uyga tashlab keldik"

Karlo Anchelotti: "Barcha qo‘rquvlarimizni uyga tashlab keldik"

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Italiyaning "Napoli" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti YECHL doirasida "Liverpul" klubiga qarshi bo‘lib o‘tadigan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Qiziqarli davr endi boshlanmoqda, guruhdan chiqishimiz uchun ikkita uchrashuvda g‘alaba qozonishimiz kerak, shu o‘yinlarning biri bugun “Liverpul”ga qarshi bo‘ladi. Qiyin bo‘lishi bilan bir qator qiziqarli o‘yin bo‘lishini taxmin qilyapman. Buyuk tennischilar bahsni birinchi matchbol bilan yakunlandi. Biz ham tennischilardek yo‘l tutmoqchimiz, jamoamiz bo‘lajak uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdi va raqibni sinchkovlik bilan o‘rganib chiqdik. Ichki chempionatda yaxshi o‘yin namoyish eta olmayotganimizni tushunib turibmiz, lekin xatolarni bartaraf qilish ustida ishlayapmiz. Qolaversa, biz ushbu mavsum oldidagi birinchi vazifamizni bajarishimiz uchun ma’suliyat bilan tayyorgarlik ko‘ryapmiz.

“Liverpul” klubiga qarshi yaxshi o‘yin namoyish etishga harakat qilib ko‘ramiz. Qaytarib aytaman, bu bahs qiyin va qiziqarli kechadi. Barcha qo‘rquvlarni uyga tashlab keldik. Biz jasorat bilan o‘ynashni, iroda ko‘rsatishni va g‘alaba qozonishni amalda isbotlamoqchimiz", - Anchelottining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda UEFA rasmiy sayti.

Kiritildi: 09:34, 27.11.2019.
O'qildi: 3349 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.