"Manchester Yunayted" Yevropa Ligasi 1/16 final bosqichiga chiqdi, shuning uchun Sulsher tajriba qilishga tayyor: u «Astana» bilan o‘yin uchun tarkibga 20 yoshgacha bo‘lgan 14 nafar futbolchini kiritdi. Ular orasida 19 yoshli himoyachi Maks Teylor ham bor, u shu paytga qadar eng qiyin yo‘lni bosib o‘tgan.
Teylor Manchesterda tug‘ilgan va bolaligidan "Yunayted" muxlisi bo‘lgan, ammo faqatgina 2014 yilda klub akademiyasiga kirgan. Undan oldin u maktabda muvaffaqiyatli o‘qidi – uni darrov payqashdi, o‘yinini ko‘rish uchun sinovga chaqirishdi va darhol qabul qilishdi.
Teylor «U23» jamoasidagidebyutini 16 yoshida boshladi va darhol "Manchester Siti"ga qarshi kichik-derbida qatnashdi. Bunga ushbu jamoa asosiy tarkibidagi bir nechta futbolchining jarohat olgani sabab bo‘lgandi. Aslida, u ikki yil davomida, asosan, «U18»da o‘ynagan: Maks asosiy tarkibda to‘p tepgan, ajoyib mavsumlarni o‘tkazgan, professional shartnoma imzolagan – doimiy ravishda U23 jamoasiga ham jalb qilingan. "Bu Manchesterda tug‘ilgan «Yunayted» muxlislari uchun bolalikdagi orzu", deydi u.
Ammo bularning barchasi Maks Teylor bilan emas, balki Maks Dann bilan sodir bo‘lgandi. Yigit keyinchalik nima uchundir familiyasini o‘zgartirdi. 2019 yil fevralida sodir bo‘lgan bu voqeaning asl sababi hamon noma’lum.
Xuddi shu oyda qayg‘uli voqea yuz berdi: Teylor saraton kasalligiga chalingani ma’lum bo‘ldi. Kasallikka bundan oldinroq tashxis qo‘yilgan – u 2018/19 mavsumda umuman o‘ynamagandi, ammo "Manchester Yunayted" noxush yangilikni faqatgina fevral oyida, Maks davolanishga rozilik bildirganida e’lon qildi.
Maks operasiya qilindi, kimyoviy terapiyadan o‘tdi va bir yil o‘tgach, sentyabr oyida U23 bilan mashg‘ulotlarni boshladi. «Men jamoadoshlarim va do‘stlarim bilan mashg‘ulot maydoniga qaytib kelganimdan juda g‘ururlanaman va xursandman. Oilam, jamoadoshlarim va, albatta, hamshiralar hamda shifokorlarning beg‘araz yordamisiz bu kunlarga yeta olmas edim.
Men butun klubning barcha xodimlariga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Keyingi qadam – sport zalida va maysada tinimsiz ishlashni davom ettirish, shuning uchun maydonga qaytishga umid qilaman», degandi u.
Maks sekin-asta o‘yinga qayta boshladi. Birinchi marta bor-yo‘g‘i bir oy mashg‘ulot o‘tkazdi. Jessi Lingard uni qo‘llab-quvvatladi: «Siz va sizning tabassumingiz yana biz bilan ekanligi juda yaxshi! Doimgidek xursandman».
Endi esa Teylor asosiy jamoa bilan Yevropa Ligasidagi uchrashuvga yo‘l oladi. Ammo, bu katta yutuq ekanligini juda yaxshi tushunadi: agar bu o‘yin muhim ahamiyat kasb etganida, u tarkibga kirmasligi ham mumkin edi.
«Shubhasiz, Ule bizga jamoa bilan birga borish imkoniyatini berdi. Ba’zilarimiz o‘ynashiga umid qilaman. O‘tgan yili shu paytdagi ahvol, kimyoterapiyaning birinchi haftalari... Bir yil ichida birinchi jamoada o‘ynayman, deb o‘ylamagandim. Asosiy jamoaning tarkibiga qo‘shilish aqlga sig‘maydi. «MYU» ning asosiy o‘yinchisi bo‘lish esa azaliy orzuyim», – deydi Teylor.