Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv

Mourinyo «Tottenxem» futbolchilariga yoqmoqda

Mourinyo «Tottenxem» futbolchilariga yoqmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Britaniya OAV tarqatgan xabarga qaraganda, Joze Mourinyo so‘nggi haftada «Tottenxem»dagi muhitni o‘zgartirib yuborgani futbolchilarga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik mutaxassis jamoani qabul qilib olganidan keyin «shporlar» «Vest Xem» (3:2) va «Olimpiakos» (4:2) klublarini mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘lishdi.

Sportsmail nashrining yozishicha, Mourinyoning harakatlari «Tottenxem» futbolchilariga ma’qul kelmoqda.

Mourinyo mashaqqatli mashg‘ulotlarni rad etdi va yangicha qarash jamoaga sovrin olib kelishiga va’da berdi. Bundan tashqari, portugaliyalik mutaxassis shaxsan o‘z mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda. Pochettino davrining so‘nggi paytlarida uning yordamchilari mashg‘ulotni o‘tkazishardi.

Shuningdek, Mourinyo futbolchilar bilan shaxsan o‘zi suhbatlashmoqda, ular bilan hazillashib gaplashmoqda va jamoaning o‘yini haqidagi fikrlarni tinglamoqda. Bunday munosabat futbolchilarga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Kiritildi: 14:27, 28.11.2019.
O'qildi: 3971 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик