Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

O‘zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi Otabek G‘ulomxo‘jayev iste’foga chiqarildi

O‘zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi Otabek G‘ulomxo‘jayev iste’foga chiqarildi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, joriy yilning 6-10 noyabr kunlari Saudiya Arabistonida U-19 Osiyo Chempionati-2020 saralash bahslari o‘tkazildi. Saralash bahslarida Otabek G‘ulomxo‘jayev boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ham ishtirok etdi.

10 noyabr kuni O‘zbekiston U-19 terma jamoasi Saudiya Arabistoni yoshlar termasiga qarshi bahs olib bordi. 1:1 hisobida yakunlangan uchrashuvda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi safida 4 nafar futbolchi hakam tomonidan ogohlantirildi. Shuningdek, Odilbek Abdumajidov qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Bundan tashqari O‘zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi – Otabek G‘ulomxo‘jayev hamda uning yordamchisi Doniyor Usmonov ham nojoiz xatti-harakatlari sabab hakam tomonidan ogohlantirildi.

Ushbu uchrashuvni o‘rganib chiqqan OFKning Tartib-intizom va odob-ahloq qo‘mitasi O‘FAga shikoyat maktubi yo‘llab, uchrashuv davomida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi murabbiylari o‘zini noprofessional tarzda tutganliklari va buni o‘rganib chiqib, tegishli choralar ko‘rilishi zarurligini ma’lum qildi. Ushbu holat esa O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiboriga, mazkur yosh toifasidagi qit’a chempionatiga mezbonlik qiladigan mamlakat imidjiga musobaqa oldidan salbiy ta’sir o‘tkazishi ehtimoli mavjud.

Mazkur holat O‘FAning Ijroqo‘mi tomonidan ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ustozlarining xalqaro miqiyosdagi uchrashuv vaqtida nojoiz xatti-harakatlar amalga oshirgani, shogirdlariga o‘rnak bo‘lish o‘rniga o‘yin rasmiylari qarorlaridan norozi ekanini ochiqchasiga namoyish etib, maydonda o‘zini noprofessional tutgani e’tirof etildi. Yakunda O‘FA Ijroqo‘mi O‘zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi Otabek G‘ulomxo‘jayev rahbarligidagi murabbiylar shtabini egallab turgan lavozimidan ozod etish bo‘yicha qaror chiqardi.

Uchrashuv qanday hisobda yakunlanishidan qat’iy nazar har bir futbolchi va murabbiy o‘zini professional tarzda tutishi lozim. Xalqaro maydondagi uchrashuvlar vaqtida futbolchi yoki murabbiy nafaqat o‘z sha’nini, balki butun mamlakat sharafini himoya qilishini his etishi zarur.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 18:14, 28.11.2019.
O'qildi: 4005 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик