Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

APLdagi ko‘rimsiz yulduzlar

APLdagi ko‘rimsiz yulduzlar

Baho:
+ | -

Darhaqiqat, dunyoning eng shiddatli birinchiligida yulduzlar shu qadar ko‘pki, har biriga alohida e’tibor berishning iloji yo‘q. bugun APLda to‘p surayotgan yulduzlar orasidagi eng kamtarinlariga e’tibor qaratamiz.

Jon Makginn – «Aston Villa»

Afsuski, ko‘plab iqtidorli futbolchil kuchsiz jamoalarda to‘p surgani bois, omma e’tiborini o‘ziga qarata olmaydi. «Aston Villa» jamoasi to‘p kiritish borasida peshqadamlardan biri bo‘lsada, klubga harakter yetishmayapti. Chempionatning quyi o‘rnida joy olgan klub yarim himoyachisi Jon Makgin esa, o‘zining ishonchli o‘yinlari bilan alohida ajralib turibdi. Hozirda uning hisobida 3 ta gol va 3 ta assist mavjud. Gap uning sermahsuliga emas. Shotlandiyalik futbolchi «Aston Villa»ning hujumlarini boshlab beruvchi futbolchi hisoblanadi. Uning tezkor harakatlari va maydonni o‘qiy olish qobiliyati sababli Shotlandiya terma jamoasidan chaqiruv olibgina qolmay, terma jamoa aynan uning atrofida o‘z o‘yinini qurishga harakat qilmoqda. O‘yin davomida uning to‘p uzatishlarining aniqligi 87 foizni tashkil etmoqda. Bu APLdagi eng yaxshi 6-ko‘rsatgich degani. Agarda Makgin o‘z ustida ishlashda davom etsa, yangi mavsumni premerliganing kuchliroq jamoasida boshlashi aniq.

Rikardo Pereyra – «Lester»

«Nisa» klubida yorqin o‘yinlari bilan barchani o‘ziga qaratgan Pereyraning «oshiqlari» ko‘p bo‘lsada, futbolchi negadir «tulkilar»ni tanladi. O‘tgan bir yarim mavsum davomida qahramonimiz o‘sishdan to‘xtamayapti. Qanot himoyachisi sifatda maydonda javlon urayotgan futbolchi o‘tgan mavsumda 2 ta gol kiritib o‘ng qanotni o‘ziniki qilib olgan bo‘lsa, Brenden Rojers qo‘l ostida almashtirib bo‘lmas futbolchiga aylanib oldi. Portugaliyalik himoyachi hujumni sevadiganlar sirasiga kiradi. U yangi mavsumning o‘zidayoq 2 ta gol va 4 ta asisstni amalga oshirishga muvaffaq bo‘di. Bundan tashqari, u har bir uchrashuvda o‘rtacha 2,5 bor omadli aldab o‘tishni amalga oshirgan bo‘lsada, himoyani ham unutmasligiga qoyil qolish kerak. Pereyraning har bir o‘yind o‘rtacha 4,7 bor to‘p uchun kurashda g‘olib chiqishi so‘zimizga isbot bo‘la oladi. Bu APLdagi 3-ko‘rsatgich degani. To‘g‘ri, Rikardo singari futbolchilar kamdan-kam xollarda ko‘zga tashlanishadi, biroq hozirda «Lester»ning g‘alabalarida bu yigitning tutgan o‘rni beqiyos.

Skot Maktominay – «Manchester Yunayted»

Joze Mourinoning topilmalaridan biri - Sulsher davrida sekin-asta ko‘zga tashlangan bo‘lsa, yangi mavsumga kelib to‘liq markazni o‘ziniki qilib bormoqda. Ayniqsa, Pogbaning jarohatidan so‘ng, asosiy vazifani bo‘yniga olgan yarim himoyachi markazdagi eng muhim figuralardan biriga aylanib oldi. Uzun oyoqli futbolchi hamma joyda paydo bo‘libgina qolmay, gollar kiritishni boshlab yubordi. Pogbaning transfer narxi qanchalar baland bo‘lmasin, jarohatidan so‘ng, Maktominay bilan jiddiy raqobatga kirishishiga to‘g‘ri keladi. Bu yigit osonlikchi o‘z o‘rnini berib qo‘ymasligi aniq.

Raul Himenes – «Vulvurhempton»

O‘gan mavsumda «Benfika»dan ijaraga olingan futbolchi shu qadar yaxshi o‘yin o‘tkazdiki, klub uni yil oxirigacha bormay 38 million yevro evaziga harid qiladi. Bu o‘rtamiyona «Vulvurhempton» uchun rekord summa.

Hujumchi o‘zining ilk mavsumida 17 gol va 12 ta assistga egalik qilgan bo‘lsa, yangi mavsumda ham o‘zini yo‘qotib qoymayapti. «Manchester Siti»ga qarshi bahsda o‘zining ikkita golli uzatmani amalga oshirgan ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa kerak. Yangi mavsumda allaqachon 7 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan meksikalik hujumchi to‘xtab qolishni istamayapti. Aynan uning foydali harakatlari tufayli Nunu Santush shogirdlari APLning kuchli 8 jamoasidan biriga aylanib olishgan. Ochig‘I, Aguero, Salah, Mane, Rshford singari hujumchilar to‘p suradigan birinchilikda ko‘zga tashlanish qiyin bo‘lsada, Himenes buni uddalamoqda.

Joel Matip

Hozirda barcha «Liverpul»ning himoyasini maqtashni odat qilib olgan. Markazda Virjil yetakchi bo‘lsa, qanotdagi «uchar» yigitlar haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Afsuski, ko‘pchilik Virjil bilan yelkama-elka turayotgan boshqa bir himoyachini unutib qo‘ymoqda. Sezganingizdek so‘z Joel Matip haqida bormoqda. O‘tgan mavsumda asosoy tarkibda kam ko‘rinish bergan himoyachi ushbu mavsum o‘z bo‘yidanda balandroq sakrashga muvaffaq bo‘ldi. Avvaliga sentarb oyida APLning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etilgan bo‘lsa, oktabr oyida foydali ish ko‘rsatgichi borasida Virjildan ham o‘zib ketdi. Afsuski, jarohat sababli bir oyga safdan chiqqan kamerunlik himoyachi tez orada safga qaytishi kutilmoqda. Agarda, Matip o‘sishdan to‘xtab qolmasa, tez orada Gomez va Lovrenlarni zahiraga mixlab qo‘yishi aniq.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 12:38, 29.11.2019.
O'qildi: 9026 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик