Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

La’natlangan «Arsenal» sardorlari

La’natlangan «Arsenal» sardorlari

Baho:
+ | -

Ushbu mavsumda «Arsenal»ni sardor sifatida maydonga boshlab tushgan Granit Jaka atrofidagi janjallardan xabaringiz bor. E’tibor berib qarasangiz, so‘nggi 10 yil ichida «Arsenal» jamoasida birorta kapitan erkin faoliyat olib borgani yo‘q. klub muxlislari Tiyeri Anridan so‘ng, jamoada boshlagan omadsizliklar sardorlaga ham ta’sir o‘tkazgan deb hisoblashadi. Xo‘sh bu so‘zlarda qanchalar jon bor? Bugun ushbu mavzu atrofida so‘z yuritamiz.

Villiam Gallas

Anri «Barselona»ga o‘tib ketgach, klub jamoa sardorligini fransiyalik himoyachi Villiam Gallasga topshiradi. Markaziy himoyachi bo‘lishiga qaramay, 10-raqamni tanlagan himoyachini klub futbolchilari juda sovuq kutib olishadi. Gap shundaki, «Arsenal» himoyachini «Chelsi»dan Eshli Koulning transferiga bonus sifatida qabul qilib oladi. «Topchilar» Koulning «Chelsi» safiga o‘tib ketganidan faqatgina gazeta orqali xabar topishadi va Gallasga nisbatan juda yomon munosabatda bo‘la boshlaydi. Oradan bir yil o‘tib Arsen Venger himoyachini sardorlikdan mahrum etadi. Gap shundaki, Gallas «Tottenhem»ga qarshi uchrashuvdan so‘ng, kiyinish xonasida futbolchilar bilan ochiqchasiga mushtlashib ketibgina qolmay, o‘sha kuni tunda barlardan birida sigareta chekib o‘tirgani aks etgan rasmlar internetda ko‘rinish beradi va klub uni imtiyozdan mahrum etadi.

Sesk Fabregas

Ko‘p o‘tmay jamoani darvozabon Manuel Almuniya sardorlik bog‘ichi ostida maydonga olib tushgan bo‘lsada, Arsen Venger bu vaqtinchalik qaror ekanligini tezda isbotlab qo‘ydi. Murabbiy ushbu vazifani «Arsenal»ning yangi avlod vakillaridan biriga topshirishga qaror qiladi va 21 yoshlik Sesk Fabregasni asosiy planga olib chiqadi. Sesk qisqa muddatda top darajadagi yarim himoyachiga aylanibgina qolmay, terma jamoa tarkibida JCH va qit’a birinchiligida g‘olib chiqishga ham muvaffaq bo‘ldi. Afsuski, uning klub miqiyosidagi ishlari sira yurishmas, uning jamoasi nuqul autsayderlar bilan o‘yinlarda ochko yo‘qotib chempionlik uchun kurashdan chiqib ketar edi. Barchasini o‘zgartirishni istagan Sesk o‘zining eng gullagan davrida «Barselona» taklifini qabul qildi va muxlislarning iltimosiga qaramay «Arsenal»ni tark etdi. Ko‘p o‘tmay, Londonning «Chelsi» jamoasiga qaytib kelgach, chinkamiga muxlislarning nafratiga uchradi va «sotqin» laqabini ortirib oldi. Afsuski, Fabregas «Chelsi»da ham, «Barselona»da ham «kononirlar» safida to‘p surgan darajasini namoyish eta olmadi. Hozirda «Monako»da javlon urayotgan qahramonimiz «Arsenal» ramziga aylanishi mumkin edi, biroq…

Robin van Persi

Arsen Venger Seskning ortga qaytib ketishidan song, bog‘ichni jarohatlardan endiga forig‘ bo‘lgan Robin van Persiga topshiradi. Gollandiyalik hujumchi o‘z ustidagi ma’suliyatni chuqur his etadi va o‘sha mavsum APLning deyarli barcha shaxsiy sovrinlarini qo‘lga kiritibgina qolmay, «oltin butsa»ga ham ega chiqadi. Undagi o‘zgarishni payqagan Ser Aleks Fergusson gollandni o‘z jamoasiga chorlaydi. Eng achinarlisi shundaki, «Arsenal» sardori o‘z muxlislarini ranjitgancha, azaliy raqib safiga borib qo‘shiladi va tantishtiruv marosimida ichidagi kichkina bolakayning «qizil iblislar» muxlisi ekanligi haqida nutq o‘qiydi. Ushbu voqeyadan so‘ng, «Emireyts» uni faqat hushtakbozlik bilan kutib olishni boshlagani yetmagandek, klub tarixidagi 10 ta sotqin futbolchidan biri deb e’lon qiladi.

Tomas Vermalen

Van Persi ketgach, Venger tanlov borasida juda qiynaldi. Darhaqiqat, jamoaning yarimi yangi futbolchilardan tashkil topgan, akademiya bitiruvchilarining aksariyari «Man Siti» va «Chelsi» tarkibiga o‘tib ketishgan edi. Venger Tomas Vermalen variyantida to‘xtashga qaror qildi va bog‘ich unga topshirildi. Afsuski, Tomas o‘zi shundoqham bir mavsumni jarohati boyis o‘tkazib yuborgan edi, bog‘ichni qo‘lga kiritgach, yana jarohat ortirib oldi va markazdagi o‘rnini Koselniga bo‘shatib berdi. O‘zining so‘nggi masumida to‘liq harakat qilgan sardor Angliya kubogini qo‘lga kiritgach, «Barselona» safiga o‘tib ketdi va u yerda ham o‘zi sevgan mashg‘ulot bilan shug‘ullanishda davom etdi. U lazariyatga qatnab yurar, jamoadoshlari esa, uning uchun sovrinlar yutish bilan mashg‘ul bo‘lishar edi. Vermalen qanchalar iqtidorli bo‘lmasin "Arsenal"da ortirib olgan jarohatlar uning imkoniyatlarini namoyish etishga yo‘l bermadi.

Mikel Arteta

«Everton» jamoasidagi o‘yinlari orqali barchaga tanish bo‘lgan Mikel Arteta 30 yoshda klub safiga kelib qo‘shilgan bo‘lsada, uning boy tajribasi tufayli Venger tomonidan sardrolik bog‘ichi bilan siylanadi. Maydonda aytarli o‘yin ko‘rsatmagan bo‘lsada, klub unga kariyerasining so‘nggiga qadar shartnoma taklif etadi. O‘z shartnomasini to‘liq o‘tab bo‘lgan futbolchiga klub 2015-yilda yordamchi murabbiylikni taklif etadi. Arteta o‘ylab ko‘rish uchun biroz vaqt so‘raydi va ko‘p o‘tmay Pep Gvardiolaning shtabida joy oladi. Uning qarori ko‘plab muxlis va mutaxssislarda g‘azab uyg‘otadi. Vaziyatga baho bergan Arsen Venger esa, o‘sha mashxur : «u baribir o‘zimizniki bo‘lmadi» iborasini Artetaga nisbatan ishlatgan edi.

Loran Koselni

Koselning klubdagi mavqeyi bois, sardorlik bog‘ichi unga topshirilganida himoyachi ajoyib formada edi. Afsuski, g‘alati tavqi la’nat Loranni ham o‘z domiga tortib ketdi. Avvalliga «Evropa Ligasi» dorasidagi uchrashuvda jarohat ortirib olgan himoyachi Fransiya uchun omadli kelgan JCHni o‘tkazib yuborgan bo‘lsa, keyingi yili klubdan 2 yillik shartnoma talab qiladi va rad javobini oladi. O‘zini qadrlamayotgan klub haqida matbuotda chiqish qilgach, qo‘zg‘alon ko‘taradi va klub bilan mavsum oldi yig‘inga borishdan bosh tortadi. Uzoq davom etgan muzkoralar ish bermagach, klub o‘z sardorini «Bordo»ga 5 million yevro evaziga sotib yuborishdan boshqa chora topa olmaydi.

Granit Jaka

To‘g‘risi, ushbu qaror avval boshidan klub muxlislari tomonidan oqlanmagan edi. Jaka klub uchun aytarli hech qanday karomat ko‘rsatmagan, o‘rtachadan sal balandroq darajadagi yarim himoyachi edi xolos. Kutilganidek, Emiri Jaka variyantini tanlab adashdi. Xarakterning yetishmasligi va qiziqqonlik Jaka uchun qimmatga tushdi. Hozirda bog‘ichni qo‘lga kiritgan Obomeyangning ishlari yaxshi deyishga biroz erta. O‘tgan hafta o‘zining 330 ming yevrolik mashinasini avtohalokatda dabdala qilgan hujmchi uchun qora kunlar boshlanmadimi? Yana kim biladi deysiz?

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 12:45, 29.11.2019.
O'qildi: 6223 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.