Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Afsonaviy klubni qishda kimlar tark etadi?

Afsonaviy klubni qishda kimlar tark etadi?

Baho:
+ | -

20-asr so‘ngi va 21-asr boshida to‘xtatib bo‘lmas kuchga aylangan «Milan» hozirda anchagina kamtarin klubga aylanib qolganidan xabaringiz bor. O‘zi shundoq ham o‘rtamiyona futbolchilardan tashkil topgan jamoa qishda yana bir nechta futbolchilarini qo‘yib yuborishi tahmin qilinmoqda. Xo‘sh, ular kimlar? Bugun ushbu mavzuga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

Rikardo Rodriges

«Milan»da yangi kafuga aylanishi tahmin qilingan Rikardo Rodrigesning faoliyati anchagina pastlagani bor gap. So‘nggi paytlarda asosiy tarkibdan ham tushib qolayotgan himoyachi qishda klubni tark etishi aniq bo‘lib ulgurdi. Rikardo yangi mavsumda atigi 80 daqiqagina maydonda to‘p surdi xolos. Teo Ernandesning klub safiga kelib qo‘shilishi uni to‘liq zahiraga mixlab qo‘ydi. «Milan» o‘z futbolchisini rasman transferga qo‘ydi va bu orqali yaxshigina pul ishlab olmoqchi. Hozirda shvetsariyalik futbolchining hizmatlariga «Shalke 04», «Borussiya Dortmund» va «Everton» klublari qiziqsh bildirishgan.

Davida Kalabria

Akademiya tarbiyalanuvchisi bo‘lishga qaramay, Kalabrianing kariyerasi boshqa klubda davom etadigan ko‘rinadi. O‘tgan mavsumda barchani o‘ziga qarata olgan qanot himoyachisining bu mavsumda ishlari biroz yurishmayapti. Yangi mavsumda 2 ta qizil kartochka olishga ulgurgan himoyachining xatolari haqida so‘zlab o‘tirishdan foyda yo‘q. Davida katta ehtimol bilan yanvar oyida klubni yaxshigina summa evaziga tark etadi.

Fabio Borini



Deyarli universal hujumchilardan biri sanalmush Borinining «Milan»dagi ishlari u qadar yurishmayapti. Yangi mavsumda atigi 2 ta uchrashuvdagina ko‘rinish bergan hujumchi boshqa klubga o‘tmasa, zahirada qolib ketishi turgan gap. Hozirda futbolchining agenti «Torino», «Jenoa» va «Kristal Pelas» klublari bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. Qahramonimizning o‘zi «Torino» variyantida qolishni ma’qul ko‘rmoqda. Voqeyalar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Frank Kessie

O‘z tengdoshlari ichida jismonan baquvvatligi va maydonni yaxshi ko‘ra bilishi orqali ajralib turgan yarim himoyachini «Milan» 2017-yilda xarid qilgan edi. Afsuski, janjalkash yigit Baloteli izidan borishga qaror qildi va kontraktni qo‘lga kiritgach o‘zini juda ham erkin qo‘yib yubordi. Hozirda o‘yin amaliyotisiz qolayotgan Frankning qishda jamoani tark etishi aniq bo‘lib ulgurgan. 22 yoshli futbolchining Pioli bilan aloqalari yaxshi emas. Hozirda futbolchi bilan «Monako» va «Vulvurhempton» jamoalari qizish bildirmoqda. «Milan» yosh iqtidor egasini 30 milliondan kamiga sotmoqchi emas.

Kishishtof Pyontek



Afsuski, bu hujumchining transferga qo‘yilish ehtimoli ham katta. Polyak katta ehtimol bilan ijara asosida boshqa klubda o‘zini ko‘rsatishga urunib ko‘radi. «Milan» uchun 38 million yevroga tushgan hujumchining yangi mavsumda transfer qiymati 25 millionga arzonlab ketdi. Bunga mavsumni omadsiz boshlagani sabab bo‘lsa, ajab emas. 13 ta turning 10 ta o‘yinida asosiy tarkibda maydonga tushgan hujumchi atigi 3 bor gol kiritdi (2 gol penaltidan urulgan) va o‘zinin to‘purarlik qobiliyatini yo‘qotib qo‘ydi. Agarda Ibrahimovich ortga qaysa, Pyontekning asosiy tarkibdagi o‘rni yo‘qolishi mumkin. Shunday ekan, voqeyalar kutilmagan tomonga burilib ketishi hech gap emas.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 04:26, 30.11.2019.
O'qildi: 10859 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.