Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Yevro-2020. Bugun tashlanadigan qur’a haqida barcha ma’lumotlar

Yevro-2020. Bugun tashlanadigan qur’a haqida barcha ma’lumotlar

Baho:
+ | -

Bugun Buxarest shahrida Yevropa chempionatining final bosqichiga qur’a tashlanadi. Ushbu qur’a haqida muhim ma’lumotlarni e’tiboringizga havola qilamiz.

Qur’a qayerda bo‘ladi?
Yevro-2020 final bosqichi qur’a tashlash marosimi Buxarest shahrida o‘tkaziladi. Tadbir Toshkent vaqti bilan 22:00da boshlanadi.

Savatchalar tarkibi qanday?
Saralash bosqichining 10ta guruhida birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar hamda pley-off bosqichining 4ta g‘olibi Yevropa chempionatida ishtirok etadi. Ular savatchalarga quyidagicha taqsimlanishgan.

1-savatcha
Belgiya
Italiya (mezbon)
Angliya (mezbon)
Germaniya (mezbon)
Ispaniya (mezbon)
Ukraina

2-savatcha
Fransiya
Polsha
Shveysariya
Xorvatiya
Gollandiya
Rossiya (mezbon)

3-savatcha
Portugaliya
Turkiya
Daniya (mezbon)
Avstriya
Shvesiya
Chexiya

4-savatcha
Uels
Finlyandiya
"A" pley-off bosqichi g‘olibi (Islandiya, Bolgariya, Vengriya, Ruminiya)
"V" pley-off bosqichi g‘olibi (Bosniya va Gersegovina, Slovakiya, Irlandiya, Shimoliy Irlandiya)
"S" pley-off bosqichi g‘olibi (Shotlandiya, Norvegiya, Serbiya, Isroil)
"D" pley-off bosqichi g‘olibi (Gruziya, Shimoliy Makedoniya, Kosovo, Belarus)

Guruhlarning ehtimoliy tarkibi

"A" GURUHI (mezbon shaharlar: Rim, Boku)
Italiya
Fransiya/Polsha/SHveysariya/Xorvatiya
Portugaliya/Turkiya/Avstriya/SHvesiya/CHexiya
Finlyandiya/Uels

"B" GURUHI (Sankt-Peterburg, Kopengagen)
Belgiya
Rossiya
Daniya
Finlyandiya/Uels

"C" GURUHI (Amsterdam, Buxarest)
Ukraina
Gollandiya
Portugaliya/Turkiya/Avstriya/SHvesiya/CHexiya
"A" yoki "D" pley-off bosqichi g‘olibi*

"D" GURUHI (London, Glazgo)
Angliya
Fransiya/Polsha/SHveysariya/Xorvatiya
Portugaliya/Turkiya/Avstriya/SHvesiya/CHexiya
"C" pley-off bosqichi g‘olibi

"E" GURUHI (Bilbao, Dublin)
Ispaniya
Fransiya/Polsha/SHveysariya/Xorvatiya
Portugaliya/Turkiya/Avstriya/SHvesiya/CHexiya
"B" pley-off bosqichi g‘olibi

"F" GURUHI (Myunxen, Budapesht)
Germaniya
Fransiya/Polsha/SHveysariya/Xorvatiya
Portugaliya/Turkiya/Avstriya/SHvesiya/CHexiya
"A" yoki "D" pley-off bosqichi g‘olibi*

Izoh: * To‘rtinchi savatcha vakillarining qaysi guruhga tushishi quyidagicha aniqlanadi:

- Agar Islandiya, Bolgariya yoki Vengriyadan biri "A" pley-off bosqichida g‘alaba qozonsa, bu jamoa "F" guruhiga joylashtiraladi. Bunday holatda "D" pley-off bosqichi g‘olibi "C" guruhidan o‘rin oladi.

- Agar "A" pley-off bosqichida Ruminiya g‘olib chiqsa, jamoa "C" guruhidan o‘rin oladi; Bunday holatda "D" pley-off bosqichi g‘olibi "F" guruhiga joylashtiriladi.

Qur’a qanday tartibda o‘tadi?
24ta terma jamoa to‘rttadan 6ta guruhga taqsimlanadi. Mezbon mamlakatlar oldindan juftliklarga ajratilgan. Ya’ni bitta guruh o‘yinlariga ikkita shahar mezbonlik qiladi. Tabiiyki, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan mezbon mamlakat vakili oldindan belgilangan guruhdan o‘rin oladi. Mezbon jamoa kamida 2ta o‘yinni o‘z yurtida o‘tkazadi. Natijada qur’adan oldin quyidagi holat yuzaga kelgan:

"A" guruhi: Italiya*
"B" guruhi: Rossiya, Daniya*
"C" guruhi: Gollandiya*, Ruminiya
"D" guruhi: Angliya*, Shotlandiya
"E" guruhi: Ispaniya*, Irlandiya
"F" guruhi: Germaniya*, Vengriya

Izoh: * - Yevro-2020ga chiqqan mezbon mamlakat ajratib ko‘rsatilgan. Ushbu mamlakatlar guruh bosqichida barcha uchala o‘yinni o‘z uylarida o‘tkazishadi. Faqat Rossiya va Daniya terma jamoalarining o‘zaro o‘yini Kopengagenda o‘tishi quo‘shimcha qur’a orqali aniqlandi. Shu bois, Daniya o‘z maydonida 3ta, Rossiya esa 2ta o‘yin o‘tkazadi.

UYEFA Ijroqo‘mi qaroriga ko‘ra, quyi terma jamoalarning bitta guruhdan o‘rin olishiga yo‘l qo‘yilmaydi:
- Serbiya / Kosovo*
- Bosniya va Gersegovina / Kosovo*
- Rossiya / Kosovo*
 - Ukraina / Rossiya

* - Ushbu cheklovlardan kelib chiqib, Kosovo terma jamoasi saralash pley-off bosqichi orqali Yevro-2020 yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, faqat "S" yoki "F" guruhlaridan o‘rin olishi mumkin.

Bu cheklovlar faqat guruh bosqichiga taalluqli bo‘lib, bu terma jamoalar Yevro-2020 pley-off bosqichida o‘zaro to‘qnash kelishlari mumkin.

Final bosqichi formati

- Musobaqaning ochilish o‘yini 12 iyun kuni Rimda o‘tkaziladi.

- Guruh bosqichi 24 iyun kuni yakunlanadi. Bir kunda 4tacha o‘yin o‘tkazilishi mumkin.

- Guruhlarda birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar va 3-o‘rinni egallaganlar ichida 4ta eng yaxshi natijaga ega bo‘lgan jamoalar nimchorak finalga chiqadi.

- Yarim final va final o‘yinlari Londondagi "Uembli" stadionida o‘tkaziladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 09:43, 30.11.2019.
O'qildi: 7846 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.