Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Velosport. Zabelinskaya va Xolmurodov navbatdagi lisenziyalar uchun jiddiy yeng shimarishdi

Velosport. Zabelinskaya va Xolmurodov navbatdagi lisenziyalar uchun jiddiy yeng shimarishdi

Baho:
+ | -

Kelasi yil Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga velosportning shosse yo‘nalishida yo‘llanma qo‘lga kiritgan sportchilarimiz Olga Zabelinskaya hamda Murodjon Xolmurodov endilikda trek bo‘yicha lisenziya olish uchun jiddiy bel bog‘lagan. Vakillarimiz trek yo‘nalishi bo‘yicha ketma-ket 3 ta Jahon kubogi bosqichlarida ishtirok etish uchun jo‘nab ketishdi.

Sportchilarimiz ishtirok etadigan dastlabki bosqich 29 noyabr – 1 dekabr kunlari Gongkong mezbonligida o‘tsa, 6-8 dekabr kunlari Yangi Zelandiyaning Kembrij, 13-15 dekabrda esa Avstraliyaning Brisben shahri navbatdagi bahslarga mezbonlik qiladi.

Ma’lumot uchun, Jahon kubogida dunyo reytingidagi eng kuchli 24 nafar sportchi ishtirok etishi mumkin. O‘tkaziladigan har bir bosqich esa Tokio Olimpiadasi uchun qimmatli reyting ochkolarini taqdim qiladi. Yana bir ahamiyatli jihati Zabelinskaya Jahon kubogi bosqichlarida ishtirok etadigan dastlabki ayol velosportchimiz sifatida o‘zbek sporti tarixidan joy oladi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 10:08, 30.11.2019.
O'qildi: 1909 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик