Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Ro‘ziqul Berdiyev: «Mavsum biz uchun bir maromda kechmadi»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Mavsum biz uchun bir maromda kechmadi»

Baho:
+ | -

Superliganing so‘nggi 26-turida bo‘lib o‘tgan “Nasaf” – “Dinamo” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida jamoamiz ustozi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Bugungi o‘yin haqida nima deyish mumkin? Biz bugun muxlislarimizni xursand eta olmadik. Bu bellashuv nafaqat Samarqand jamoasi uchun, balki biz uchun ham muhim edi. Mavsumni 5 o‘rinda yakunlashda bizda imkoniyat bor edi. Buni yigitlarga uqtirgan edim. Bugungi natija uchun yigitlarga alohida “rahmat” aytmoqchiman. Futbolchilarimdan bu darajadagi futbolni umuman kutmagan edim. Yechinish xonasida ham ular bilan jiddiy gaplashib oldik. Agar ular futbolda o‘smoqchi bo‘lishsa, harakat qilishlari kerak. Bugun ko‘rsatgan o‘yinimiz mag‘lubiyatga loyiq edi. Bugun biz hujum chizig‘isiz o‘ynagandek bo‘ldik. Butun mavsum mobaynida bizni qo‘llab turgan muxlislarga alohida rahmat aytmoqchiman.

— “Dinamo” jamoasi bugun tartibli o‘yin evaziga g‘alaba qozondi. Jamoaga Tachmurod Agamurodov kelgandan so‘ng “Dinamo” tartibli futbol namoyish eta boshladi. Ular tartibli harakat qilganlari uchun biz deyarli vaziyat yarata olmadik. Bugun ko‘proq samarqandliklarning g‘alabasiga biz sababchi bo‘ldik. Futbolchilarimiz bugun sust harakat qilishdi. Yosh jamoamiz g‘alaba qozonib mavsumni 5-o‘rinda tugatsa, bu biz uchun ajoyib natija bo‘lardi. Biz bugun uchun alamli mag‘lubiyatga uchradik, buni o‘zimiz ham tushunib turibmiz.

— “Navbahor” jamoasidan futbolchilarimizga jiddiy takliflar bo‘ldi. Bundan tashqari “Paxtakor” jamoasidan ham qiziqishlar bor. Lekin bularni barchasini amalga oshish-oshmasligini vaqt ko‘rsatadi. Bu haqida rahbariyat bilan muhokama qilamiz. O‘ylaymanki, bu futbolchilarni klub osonlikcha qo‘yib yubormaydi. Yosh futbolchilarimiz o‘sayabdi, ularga takliflar bo‘lishi tabiiy.

— Yangi homiy haqida gap bo‘ldi (Enter-engineering). Bu ishlar amalga oshsa, klubimiz jiddiy o‘zgarishlar qilishi kerak bo‘ladi. Bizga saviyali futbolchilar zarur bo‘ladi. Bu haqida rahbariyatga ham aytamiz. Chunki har bir o‘yinda mukammal harakat qilish uchun yaxshi tarkibga ega bo‘lish kerak. O‘zingiz guvohi bo‘ldinglar, yosh jamoa bilan mavsum davomida barqaror o‘ynamadik. Qaysidir bellashuvlarda yaxshi harkat qildik, qaysidirlarida esa aksincha. Mana bugungi bahsda ham futbolchilarning ruhiy tarafdan kuchsizligi tabloda o‘z natijasini aks ettirdi. O‘ylaymanki, yangi mavsumda hammasi boshqacha bo‘ladi. Jamoa oldiga katta maqsadlar qo‘yadi. Chunki bizning muxlislarimiz jamoa yuqori o‘rinlarga kurashib, xalqaro turnirlarda ishtirok etishiga o‘rganishgan.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 07:38, 01.12.2019.
O'qildi: 2389 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.