Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/11 18:00 Paxtakor 0-2 OKMK
22/11 16:00 Neftchi - Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum - Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol

Besamar transferlar

Besamar transferlar

Baho:
+ | -

Top klublar asosan o‘z o‘yinnini kuchaytira oladigan, saviyali futbolchilarni xarid qilishga intiladi. Shunday bo‘lsada, grand klublarda ham tushunarsiz transferlar ko‘zga tashlanib turadi. Bugun ana shunday transferlar haqida so‘z boradi.

Julian Fober


2009-yilda «Real Madrid» tomonidan xarid qilingan fransiyalik qanot himoyachisining nima uchun sotib olingani jumboqligicha qolmoqda. Fober klubga kelganida, Salgado, Ramos, Robben singari futbolchilar jamoada to‘p surar, qanot futbolchisiga umuman ehtiyoj yo‘q edi. Tog‘ri, «Bordo»da to‘p surib yurgan chog‘lari Fober chakki o‘yin ko‘rsatmayotgan edi, biroq «Vest Hem» safiga borib qo‘shilgach ortirib olgan jarohati uni  6 oyga futboldan uzoqlashtirib yuboradi. Jarohatidan tiklanishi bilan «Real Madrid» Foberni 1,5 million yevro evaziga sotib oladi. Bu taqdirning futbolchiga qilgan sovg‘asidek bir gap edi. Futbolchi «qirollik klubi» safida atigi 2 bor maydonda ko‘rinish beradi va kontrakt so‘nggida erkin agent sifatida Madridni tark etadi.


Marko Marin



«Chelsi» jamoasi o‘zining tushunarsiz transferlari bilan ancha dong taratgani hech kimga sir emas. Marko Marin xaridi ham shular jumlasiga kiradi desak, adashamgan bo‘lamiz. «Aristokratlar» yarim himoyada Oskar, Azar, Lukas, Mata, Mozes singari futbolchilar to‘p surar, Marko uchun klub zahira o‘rindig‘ida ham joy yo‘q edi. O‘z milliy terma jamoasidan ham chaqiruv olmaydigan o‘rtamiyona futbolchi uchun 8 million yevro to‘laydi va kattagina maosh ko‘rsatilgan 5 yillik shartnoma taklif etadi. Marko Londonda atigi bir mavsumgina to‘p suradi va qolgan 4 ta mavsumni ijara asosida turli klublarda o‘tkazadi. Bu orada «Chelsi» bir necha bor murabbiylarni almashtirgan bo‘lsada, birorta mutaxassis Marin uchun tarkibdan joy topilmadi.

Obertan



«Manchester Yunayed» tarixidagi eng tushunarsiz transferlardan biri sifatida tarixda qolgan fransiyalik futbolchining ro‘yxatda bo‘lishi tabiiy. «Bordo» jamoasida ham asosiy tarkibdan joy olishni uddalay olmagan Obertan ijara asosida «Lorian» klubiga qo‘yib yuboriladi. Ijara so‘nggida esa, futbolchining boshiqga baxt qushi qo‘nadi va uni ’Manchester Yunayted” sotib oladi. Fransiyalik futbolchining arsenalida katta tezlikdan boshqa hech narsa yo‘qligi bois, tezda chuqur zahiradan o‘rin oladi. «Manchester Yunayted» safida 2 yil davomida atigi 14 ta o‘yinda ishtirok etgan hujumkor yarim himoyachi birorta gol kiritishni uddalay olmagan bo‘lsada, APL g‘olibi sifatida «Old Trafford»ni tark etishga muvaffaq bo‘ldi.

Filipp Kristanval

20 yoshidayoq «Monako»ning asosiy figuralaridan biriga aylangan va mamalakat birinchiligida g‘olib chiqqan Filip Kristanvalni barcha yangi Loran Blan  deb atar, himoyachining kelajagi porloq edi. O‘sha davrlar uchun fantastik summa evaziga (17 million yevro) «Barselona» tomonidan xarid qilingan Filipning klubga umuman keragi yo‘q edi. Shunday bo‘lsada, Kristanval Katoloniyadagi ilk mavsumida asosiy tarkibdan o‘rin oldi, biroq taktik zaif futbolchi ekanligini ko‘rinib qoldi. «Barselona» postiga Lui van Gal kelgach, barchasi tubdan o‘zgarib ketdi. Gollandiyalik murabbiy Filipni umuman o‘z ro‘yxatidan chiqarib yubordi. Markaziy himoyachilar jarohat olsa, Filip Kokuni maydonga tushirar, Kristanvalni unutib qo‘ygandek edi goyo. Bunday ruhiy bosimni ko‘tara olmagan Filip ortga qaytdi va 30 yoshga to‘lmay turib butsalarini mixga ilib yubordi.

Nelson Rivas


«River Pleyt» jamoasi tomonidan xarid qilingan himoyachi shu qadar o‘quvsiz ediki, xatto to‘pni to‘g‘ri to‘xtatishni bilmas edi. Shunday bo‘lsada, klub skautlari himoyachini «Inter»ga juda arzon naxrda taklif qilishadi. Eng qizig‘I shundaki, «Inter» aynan markaziy himoyachiga ehtiyoj sezgani bois, kolumbiyalik futbolchini xarid qiladi. O‘zining ilk mavsumida butun Italiyada kulguga sabab bo‘lgan Rivasning ishlari yurishmadi. Ikkinchi mavsumda esa, to‘liq zahiraga mixlanib qoldi. Uning taktik va tehnik no‘noqligi o‘zi ishtirok etgan 13 ta o‘yinda shu qadar ko‘zga tashlanib qoldiki, xatto u haqida latifalar to‘qishni boshlab yuborishadi. «Inter» uni «Livorno», «Dnepr» sinari klublarga ijaraga bergan bo‘lsada, maoshini o‘z yonidan to‘lab bordi. O‘zi uchun porloq kelajakni ishlab olgan qahramonimiz erkin agent sifatida MLSga yo‘l oldi. 3 yil davomida atigi 10 ta o‘yinda maydonga tushgan  Rivas shartomasi yakunlangach Kolumbiyaga qaytib ketdi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 21:04, 01.12.2019.
O'qildi: 4139 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.