Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Xayrulla Hamidov: Dam olish tugadi!

Xayrulla Hamidov: Dam olish tugadi!

Baho:
+ | -

Futbol uik-endi zo‘r o‘tdi. Yetakchilarning ko‘pi ochko yo‘qotdi. Juda ko‘pi. Kutilganidan-da ko‘pi.

Shanba oqshomi sensasiyalarini "Man. Siti" boshlab berdi. "Bavariya" ulab yubordi. "Chelsi" ham shular qatoriga qo‘shildi.

Yakshanbaning haqqini "Yuve" boshladi va peshqadamlikni "Inter"ga topshirdi. "MYU" va "Arsenal"ning bir xil natijasi hech kimni ajablantirmay qo‘ygan bo‘lsa-da, top-klublarning qora uik-endi safiga qo‘shib qo‘ydik. "Napoli" o‘ziga kela olmayapti, unga ham o‘rgandik.

Oxirgi bahs turning markaziy o‘yini bo‘ldi va unda qay biridir yengilsa ham yuqoridagilar ro‘yxatiga tushardi. Bu ro‘yxatga "Atletiko"ni Messi yozib qo‘ydi.

Endi qiziq holat shuki, mana shu ochko yo‘qotgan klublarning hammasi raqibiga qaraganda xavfli vaziyatlarni ko‘proq yuzaga keltirdi. Foydalana olmadi, xolos. Jazo muqarrar bugungi futbolda.

Yana bir qiziq holat.
Aguero o‘ynamovdi, "Siti" vaziyatlarni o‘ldirdi.
Dibala "Yuve"ni qutqaryapti.
Lautaro "Inter"ni peshqadamga aylantirdi.
Messi "Barsa" uchun nechanchi martaki xaloskor...
Shu turginaning o‘zida!
Argentina terma jamoasi nega mundialni yutolmaydi, hayronman...

Mayli, bu Argentinaning dardi. Ertani o‘ylaylik yaxshisi. Bugun Fransiyada yil o‘yinchisiga "Oltin to‘p" topshiriladi. Da’vogar uch yigit ham gol urdi: Messi va Ronaldu bittadan, van Deyk dubl.

Ularning ikkisi bugun tunda xotirjam uxlaydi. G‘olibligini eshitib bo‘lgan bittasi esa... bilmadim tunni qanday o‘tkazadi. Mabodo uxlay olsa, tushiga Parij ko‘chalari, Eyfel minorasi kirishi aniq.

Biz esa, siz bilan shu marosimni UzReport kanali orqali kuzatamiz. Hamkasbim bilan bugungi tuningizni ham "o‘g‘irlaymiz". Rozi bo‘lasizlar!

Xayrulla Hamidov.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 10:52, 02.12.2019.
O'qildi: 12134 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.