Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

«Lokomotiv» PFK o‘zaro hamkorlik uchun Samvel Babayanga minnatdorchilik bildiradi

«Lokomotiv» PFK o‘zaro hamkorlik uchun Samvel Babayanga minnatdorchilik bildiradi

Baho:
+ | -

"Lokomotiv" futbol klubi bosh murabbiyi Samvel Babayan o‘z xohishiga ko‘ra lavozimini tark etdi. Bunga sabab Babayanga Xitoy birinchi ligasi vakili "Chanchun Yatay" klubidan tushgan qiziqarli taklif bo‘ldi.

Endilikda Samvel Vyacheslavovich murabbiylik faoliyatini Xitoyda davom ettiradi. Babayan klubni tark etishidan oldin quyidagi fikrlarni bildirdi: "Menga "Lokomotiv"dek klubni boshqarish imkonini bergani uchun klub rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. O‘ylaymanki, biz bir oila bo‘lib ishlay oldik. Klub bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra, agar xorijdan taklif tushsa har ikki tomonning roziligi bilan shartnomani bekor qilish bandi bor bo‘lib, Xitoydan variant yuzaga kelishi bilanoq bu haqda klub rahbariyatiga ma’lum qildim".

"O‘z navbatida "Lokomotiv" PFK bu iltimosimni qondirib meni to‘g‘ri tushundi. Albatta, har bir futbolchi singari har bir murabbiy ham o‘zini chetda sinab ko‘rishni xohlaydi. Oxirgi yillarda Xitoy futboli ancha rivojlanyapti, "Chanchun Yatay" mendan boshqa murabbiylar bilan ham muzokara olib bordi, bu jamoa menga 2016-2017 yilgi mavsumlarda ham taklif bilan chiqqandi".

"Lokomotiv"dagi salkam bir yillik faoliyat menga katta dars berdi. Yana futbol ichida ishlaganimdan xursandman. Superligani ikkinchi o‘rinda tugatdik, qolaversa "Lokomotiv" futbol maktabi rivojiga ozmi-ko‘pmi foydam tekkan bo‘lsa o‘zimni baxtiyor his qilaman. "Lokomotiv" doim qalbimda qoladi, garchi endi xorijda faoliyat olib borsam-da, bu jamoaning natijalarini muntazam kuzatib boraman va klubning keyingi ishlariga omad tilayman".

"Lokomotiv" PFK ham hamkorlik uchun Samvel Babayanga minnatdorchilik bildiradi. Samvel Vyacheslavovich yil boshida "Lokomotiv" PFK Prezidenti maslahatchisi sifatida ish boshlagandi. Uning asosiy ishi futbol maktabi darajasini ko‘tarishdan iborat bo‘ldi. Keyinchalik Andrey Fyodorov iste’foga chiqarilgach, asosiy tarkibni qabul qilib oldi. "Lokomotiv" Samvel Babayan qo‘l ostida Superligada 14ta, Liga Kubogida 2ta va O‘zbekiston Kubogida bitta - jami 17ta rasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Mana shu o‘yinlarda "temiryo‘lchilar" 6 marta zafar quchib, 7 bor durang o‘ynashdi va 4 marta mag‘lub bo‘lishdi.

Jamoamiz yangi mavsumga yangi murabbiy qo‘l ostida hozirlik ko‘radi. Maqsad va vazifalar doimgidek o‘zgarmaydi. "Lokomotiv" o‘z nomiga mos ravishda faqat olg‘a qadam bosishda davom etadi.

"Lokomotiv" PFK matbuot xizmati.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 18:06, 02.12.2019.
O'qildi: 2727 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.