Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Muzlatilgan raqamlar

Muzlatilgan raqamlar

Baho:
+ | -
Bo'lim:

Paolo Maldining «Milan» jamoasi oldidagi hizmatlari sababli klub himoyachi to‘p surgan 3-raqamni abadiy muzlatib qo‘yganidan xabaringiz bor. Futbol olamida bunday baxt har qanday futbolchiga ham nasib etavermaydi. Bugun o‘z klubi tomonidan e’zozlangan va raqamlari muomiladan chiqarilgan futbolchilar haqida so‘z boradi.

Ferens Pushkash


2006-yilda olamdan ko‘z yumgan Ferens Pushkashni so‘nggi manzilga kuzatish uchun butun Budapesht ko‘chaga chiqqan edi. 20-asrning eng kuchli futbolchilaridan biri sifatida qayd etiluvchi hujumchi 79 yoshida vafot etadi. U katta futboldagi ilk qadamlarini qo‘ygan Budapeshtning «Kishpesht» klubi uning nomi abadiy qolishi uchun 10-raqamni muomiladan chiqaradi. O‘z faoliyati davomida 3 bor chempionlar kubogini qo‘lga kiritibgina qolmay, Vengriya futboli tarixidagi tarixagi yagona Olimpiyada oltin medallariga ham ega chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Hozirda to‘p surgan «Kipesht» klubining akademiyasi va stadioniga Pushkash nomi berilgan. Bundan tashqari, FIFA deyarli 10 yildan aynan uning nomi berilgan sovrinni o‘z egalariga topshirib kelmoqda.

Franko Barezi



20-asrdagi «Milan» jamoasining eng fidoyi futbolchisi deb e’tirof etiluvchi Barezi to‘p surgan 6-raqam ham muomiladan chiqarilganiga 22 yildan oshib ketdi. Klub tifozilari tomonidan «Milan» ramzi deb e’tirof etilgan himoyachi nafaqat «Milan», balki butun Italiya futbolining chinakam faxri sanaladi. O‘z faoliyati davomida «qizil-qoralar» safida deyarli barcha musobaqada g‘olib chiqishni uddalagan himoyachi butsalarini mixga ilgach ham klub sistemasida faoliyat olib bordi. Klub rahbarlari u to‘p surgan 6-raqamni faqatgina uning farzandlaridan birigagina berishi mumkin. Afsuski, Barezilar sulolasidan hali «Milan» saviyasidagi futbolchi yetishib chiqqanicha yo‘q. Balki, uning nabiralaridan biri afsonaviy 6-raqamni qo‘lga kiritar.

Janfranko Zola

 

Londonning «Chelsi» klubi muxlislari Zolani o‘zgacha xurmat qilishadi. Gap shundaki, futbolchi klubga Abramovichning pullaridan avvalroq kelgan va klub uchun o‘zining 7 yilini sarf etgan. Italiyalik futbolchining mehnatkashligi qadrlovchi «aristokratlar» u to‘p surgan 25-raqamni 2003-yilda muomiladan chiqarib yuborishdi va xaligacha klub muzeyida saqlab kelishmoqda. O‘tgan mavsumda jamoani boshqargan Sarri shtabida ko‘rinish bergan Zola «Chelsi» bo‘lgan sodiqligini yana bir bor isbotladi. To‘gri, jamoa tepasiga Frenk Lempard kelgach, klub Zolani biroz vaqtga iste’foga chiqardi, biroq qahramonimiz hozirda klubning marketing ishlari bo‘yicha maslahatchisi sifatida faoliyat olib bormoqda.

Yohan Kroyf



2007-yilning aprel oyida klub 60 yoshni qarishilagan Yohan Kroyf hurmati uchun u to‘p surgan 14-raqamni abadiy muzalatib qo‘yishga qaror qildi. Bu fikrga uchar gollandning o‘zi qarshi bo‘lgan bo‘lsada, muxlislarning talabi bois klub ushbu qarorga kelishdan boshqa chora topa olmadi. Barcha zamonlarning eng yaxshi futbolchilaridan biri sifatida tarixda qolgan Kroyfning o‘limidan so‘ng, klub o‘z uy stadionini futbolchining nomi bilan atashga qaror qildi.  

Mark Vivyen Foe



2003-yilda Konfederasiyalar kubogi yarim final uchrashuvi ko‘plab futbol muxlislarining yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa, ajab emas. Kolumbiya va Kemrun o‘rtasida Lion shaxrida bo‘lib o‘tgan o‘yin Mark Viven Foe uchun oxirgisi bo‘lgan edi. 28 yoshlik futbolchi o‘yin chog‘ida yurak hurujini boshdan kechiradi va ko‘p o‘tmay olamdan o‘tadi. Ushbu voqeyadan so‘ng, u to‘p surgan «Lans» va «Manchester Siti» klublar Foe to‘p surgan 23-raqamni muomiladan olib tashlaydi. To‘g‘ri, fransuz klubi oradan 6 yil o‘tib o‘z qarorini bekor qiladi, biroq «shaxarliklar» futbolchining xotirasini abadiy saqlab qolish uchun ushbu raqamni hech kimga bermay kelishmoqda. Klubning rasmiy do‘konlarida 23-raqamdagi futbolkalar hali-hamon sotuvda va undan tushgan pul xayriya maqsadida ishlatiladi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 16:39, 03.12.2019.
O'qildi: 8394 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.