Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Dibala Ronaldu tarafda

Dibala Ronaldu tarafda

Baho:
+ | -

Bugun tunda Turinning «Yuventus» klubi Rimning «Lasio» jamoasi mehmoni bo‘ladi. Ushbu o‘yin oldidan «Yuventus» klubi futbolchisi va murabbiyi intervyu berib o‘tdi. Ushbu o‘yin atrofidagi barcha intervyularni bir joyga jamlagancha e’tiboringizga havola etamiz.

Maurisio Sarri


Bizni bugun kuchli raqibga qarshi o‘yin kutib turibdi. Bu uchrashuvda fovoritning o‘zi yo‘q. Ikki jamoa ham bir-biri uchun munosib raqib desak, adashmagan bo‘lamiz. Raqib qanchalar kuchli bo‘lmasin, bizda o‘sish bo‘layotganini ko‘rsatishimiz shart. Endilikda, kuchliroq pressing bilan harakat qilishni boshladik. Shunday bo‘lsada, ushbu uchrashuvda eng muhimi konsentrasiyani yo‘qotmaslik. «Lasio»ga qarshi uchrashuv oldidan tarkib bilan bog‘liq barcha savollarga javob olganimcha yo‘q. So‘nggi mashg‘ulotimizdan so‘ng, barchasiga oydinlik kiritib olaman.

Leonardo Bonuchchi


«Inter»? Biz boshqa jamoalarning o‘yinlarini kuzatib bormaymiz. To‘g‘ri, ular ichki va xalqaro musobaqalarda g‘oliblik uchun kurash olib borishlariga o‘rganib qolganmiz, lekin hozirgi holatda ular bilan ishimiz yo‘q. Biz o‘z vazifamizni bajarish bilan bandmiz. Ushbu mavzuda Ronaldu bilan ham suhbatlashgan edim. Jang hozirda teng kurashlarda bormoqda, lekin jismoniy xolat o‘z so‘zini aytadigan davrga kelib vaziyat o‘zgarib ketishi mumkin. Jamoamizdagi raqibat o‘sgani quvonarli xolat. De Ligt ham shular jumlasidan. U futbolchi va inson sifatida o‘sib bormoqda.

Inzagi



«Lasio»ning yo‘qotadigan narsasi yo‘q deyish noto‘g‘ri. O‘yin 3 ochko uchun bo‘ladi va bu ikki klub uchun ham birdek muhim. Tarkibimizda muammolar bor, lekin «Yuventus» ham bundan mustasno emas. O‘yinda g‘olib chiqish uchun bizga ruhiy ustunlik zarur. Shuningdek, sovuq miya va qaynoq yurag yordami ham kerak bo‘ladi. Bu uchrashuvda bir lahza ham e’tiborni yo‘qotmasligimiz shart. Aks xolda yuqori tempda to‘p suruvchi «Yuventus»ning navbatdagi kuchsiz raqibiga aylanamiz.

Paulo Dibala

Ronaldu avvalgi darajasida emas? Siz hazillashyapsizmi? Uning tizasida muammolar mavjud edi. Endilikda barchasi bartaraf etilmoqda. U yana o‘z darajasiga qaytishiga ishonchim komil. Har qanday futbolchining o‘yinida o‘sish va pasayish kuzatiladi. Bu odatiy xolat. Shunchaki, Ronaldu doim e’tibor markazida bo‘lgani uchun qaror undagi vaqtinchalik pasayishga katta urg‘u berishmoqda. Ushbu mavsumda Krish o‘z darajsiga qaytadi va bizga YCHLda g‘olib chiqishga yordam beradi degan umiddaman.

Chiro Imobili



To‘g‘ri, «Yuventus» g‘oliblik uchun asosiy da’vogar, biroq o‘yin Rimda bo‘lib o‘tmoqda. Barchaga ma’lum, «Olimpiko»da ochko olish juda mushkul. Bugungi uchrashuvni yo‘qori kayfiyatda o‘tkazgan xolda, uyga yaxshi kayfiyatda qaytib ketishni reja qilganmiz.

Manba: Жизнь Футбол, Le Gazzeta Della Sport, Home Juventus.com
Kiritildi: 17:32, 07.12.2019.
O'qildi: 11696 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.