Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino - Yuventus

ESPN jurnalisti Messi nima uchun “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritganini aytdi

ESPN jurnalisti Messi nima uchun “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritganini aytdi

Baho:
+1 | -

Taniqli ESPN eksperti Nikol “Oltin to‘p” borasidagi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib o‘tdi. O‘z chiqishida Leo Messining bu mavsumda naqadar sovringa haqli ekanligini isbotlashga urungan qahramonimiz qaysidir ma’noda bu ishni uddasidan chiqdi.

Messi “Oltin to‘p”ga loyiqmi? Albatta, loyiq. Men Virjil van Deykka qarshi hech narsa demoqchimasman. Sababi, o‘zimni ahmoqqa chiqarishlarini istamayman. Men faqat Messi haqida so‘zlamoqchiman. Menda Messining so‘nggi yillarda yanada yaxshiroq o‘yin ko‘rsatayotganini isbotlovchi dalillar mavjud. Uning maydondagi harakatlari yanada yorqin ko‘rinish olmoqda. Butun boshli “Barselona” so‘nggi 10 yil davomida xarid qilgan futbolchilarning deyarli birortasi o‘zini oqlagani yo‘q. Agarda ushbu futbolchilar o‘tgan mavsumda jamoalarini almashib harakat qilishganida nima bo‘lar yedi? Deylik, Messi “Liverpul”da to‘p surganida YECHLni yuta olarmidi? Virjil La Ligada “Barselona”ni g‘olib sari boshlashga qodirmi? To‘g‘ri, bu mulohaza xolos, biroq “Liverpul” Messi bilan YECHLda g‘olib chiqishni uddalar edi, “Barselona” yesa, ichki birinchilikda chempionlikni qo‘ldan chiqarib yuborgan bo‘lar yedi.

Xo‘sh, bu ikki futbolchidan qay biri o‘z jamoasi uchun foydaliroq bo‘ldi? “Liverpul”ning ashaddiy muxlislari ham jamoa Messi bilan Virjilsiz ham kuchliroq bo‘lishiga shubha qilishmaydi. Katoloniyaliklar yesa, Messisiz umuman qanday to‘p surish mumkinligini yodidan ham chiqarib yuborishgani aniq. Shunda ekan, o‘tgan mavsumda kim qanchalar jamaosi uchun muhim figuraga aylanganini sezgandirsiz? Katta ehtimol bilan keyingi mavsumda bu sovrin boshqa futbolchilarga topshiriladi.

Uning statistikasiga e’tibor qarating! Razm solib qarar ekansiz, qayerdadir xato ketgan deb o‘ylab qolasiz. U butsalarini mixga ilgach, biz boshqa hech qachon u kabi futbolchini umrimizning so‘nggiga qadar ko‘rmasligimiz aniq. To‘g‘ri, iqtidorli futbolchilar yetishib chiqmoqda, lekin ular Messidan bir necha barobar ortda. Futbol o‘zgarib bormoqda. Endilikda akademiyalar asosan taktik futbolga moslashgan sovuqqon va murabbiy talabinigina bajaradigan futbolchilarni yetishtirmoqda. Ulardan foyda ko‘proq bo‘lgani uchun emas, shunchaki, futbol tamomila o‘zgarib ketgani uchun. Barcha Killian Mbappeni uning izdoshi deb o‘ylamoqda. Balki, Mbappe Messi va Ronaldu davridan so‘ng, katta sahnaga chiqar, lekin u baribir Messining soyasida qolib ketaveradi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 23:44, 07.12.2019.
O'qildi: 9402 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик