Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

O‘FA va “Ucell” savdo belgisi o‘zaro hamkorlik qiladi

O‘FA va “Ucell” savdo belgisi o‘zaro hamkorlik qiladi

Baho:
+ | -

“COSCOM” MCHJ (“Ucell” savdo belgisi) hamda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.

Mazkur Memorandumnining imzolanishidan ko‘zlangan asosiy maqsad – sportni, xususan futbolni aholi o‘rtasida yanada ommalashtirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikda ish olib borishdan iborat.

O‘z o‘rnida “Ucell” savdo belgisi yurtimizda futbolning rivojlanishi tarafdori sanaladi. Kompaniya ko‘plab ijtimoiy loyihalarda ishtirok etib, yoshlarning sport, ayniqsa futbol bilan keng shug‘ullanishini targ‘ib etib keladi.

Endilikda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi “Ucell” savdo belgisi bilan birgalikda yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi. O‘FA Birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov mazkur hamkorlik har ikki tomon uchun ham foydali bo‘lishini aytib o‘tdi:

- Ucell kompaniyasi men uchun begona emas, ular bilan avval ham samarali hamkorlik qilganmiz. Lekin, u shaxsiy hamkorlik edi. Endigisi esa o‘zbek futboli uchun manfaatli bo‘ladi, deb o‘ylayman. Albatta, bugungi futbolga zamonaviy texnologiyalar kirib kelayotgan paytda O‘FAning  Ucelldek kommunikasiyalar olamida katta tajribaga ega kompaniya bilan hamkorlik qilishi juda muhim. Ishonamanki, hamkorlik ikki tomon uchun ham foydali bo‘ladi, - deya ta’kidladi O‘FA Birinchi vise-prezidenti.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 20:41, 08.12.2019.
O'qildi: 2228 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.