Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Bugun OCHL-2020ga qur’a tashlanadi

Bugun OCHL-2020ga qur’a tashlanadi

Baho:
+ | -

Bugun OFK shtab-kvartirasida 2020 yilgi Osiyo chempionlar ligasi musobaqasiga qur’a tashlash marosimi o‘tkaziladi. Qur’a mahalliy vaqt bilan 16:30 (Toshkent vaqti 13:30)da boshlanadi.

Musobaqani to‘g‘ridan-to‘g‘ri guruh bosqichidan boshlaydigan “Paxtakor”ning raqiblari aniq bo‘ladi.

OCHLga pley-off bosqichidan kirishadigan “Lokomotiv“ va “Bunyodkor”ning raqiblari ma’lum. “Temiryo‘lchilar” 21 yanvar kuni Toshkentda Tojikiston chempioni “Istiqlol”ni qabul qilishadi. Mazkur uchrashuv g‘olibi 28 yanvarda Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” klubi mehmoni bo‘ladi.

“Qaldirg‘ochlar” esa 21 yanvar kuni Toshkentda Iroqning “Az-Zavra” klubini qabul qilishadi. Mazkur uchrashuv g‘olibi 28 yanvarda BAAning “Al-Ayn” klubi mehmoni bo‘ladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 10:12, 10.12.2019.
O'qildi: 5946 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.