Londonning «Arsenal» klubi yarim himoyachisi Mesut O‘zil «Vest Xem» (3:1) klubi ustidan qo‘lga kiritilgan g‘alaba haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
— Vanihoyat tabassum qilish uchun sabab bor. Ozgina! G‘alaba hisi qaytmoqda. Men uni juda sog‘ingan edim! Ammo, albatta, oldimizda juda ko‘p mehnat turganini barchamiz bilamiz, - deb post qoldirdi O‘zil o‘zining “Tvitter”dagi rasmiy sahifasida.