Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta

Mbappe va Tuxel o‘rtasidagi vaziyat taranglashmoqda

Mbappe va Tuxel o‘rtasidagi vaziyat taranglashmoqda

Baho:
+ | -

"PSJ" bosh murabbiyi Tomas Tuxelning ish uslubi tufayli klub yana bir yetakchisidan ayrilishi mumkin.

"Pari Sen-Jermen"ning so‘nggi 2ta o‘yinida Mbappening zaxiraga olinishi Kilianning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi. Ayniqsa, Monpelyedagi o‘yindan keyin 20 yoshli futbolchining sabr kosasi to‘ldi. Fransiyalik futbolchi maydonni tark etish chog‘ida murabbiy uning yoniga kelib, o‘z qarorini tushuntirmoqchi bo‘ldi. Ammo Mbappe oshkora tarzda murabbiydan yuz o‘girdi va unga e’tibor qaratmaslikka harakat qildi.

Neymar va Mbappe bilan yuzaga bunday vaziyatlar tufayli Tuxel o‘z "kursi"sini yo‘qotish xavfi ostida qoldi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar tarqatdi.

Bundan tashqari, Tuxelning futbolchiga yosh bolaga qaragandek munosabatda bo‘lishi va omma oldida uni tarbiyalashga urinishi Mbappega yoqmayapti. Kilian o‘zini yulduz deb hisoblaydi va zaxiraga olinishni o‘ziga nisbatan haqorat deb hisoblamoqda.

Germaniyalik mutaxassis esa o‘z uslubida qat’iy qolmoqda va hech bir o‘yinchiga imtiyoz bermoqchi emas. Tuxelning fikricha, Mbappe yanada o‘sishga erishi uchun futbolchi katta ishtiyoq bilan ishlashi kerak.

Murabbiy va futbolchi o‘rtasidagi ziddiyat "PSJ" rahbariyatini xavotirga solmoqda. Parijliklar sport direktori Leonardo esa yuz bergan voqealar tufayli Kilian yangi shartnoma imzolashdan bosh tortishi va natijada "Real"ga o‘tib ketishidan xavfsiramoqda.

Agar mojaroga barham berilmasa, "PSJ" rahbari Mbappe yoki Tuxeldan birini tanlashiga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Manba: football24.ua
Kiritildi: 20:45, 10.12.2019.
O'qildi: 8502 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.