Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/07 20:00 Navbahor 2-3 OKMK
17/07 20:00 Mash’al 1-0 Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor 1-1 Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon
19/07 02:00 Fransiya - Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

Fazliddin G‘oibnazarovning raqibi aniq bo‘ldi

Fazliddin G‘oibnazarovning raqibi aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqadigan Fazliddin G‘oibnazarov (7-1, 4 KO) uzoq tanaffusdan so‘ng ringga qaytayotgani haqida xabar berib o‘tgandik.

GoSport.uz manbalariga ma’lum bo‘lishicha, G‘oibnazarov o‘zining 9-jangini 16 dekabr kuni Qozog‘istonning Almati shahrida bo‘lib o‘tadigan boks oqshomida o‘tkazadi. Shu kuni unga meksikalik professional boksda 43ta jang o‘tkazgan Xavyer Merkado (26-15-2, 23 KO) raqibli qiladi. Jang 8 raunddan iborat reyting jangi bo‘ladi. Mazkur boks oqshomi MTK Kazakhstan promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkillashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, G‘oibnazarov so‘nggi marta 11 may kuni Maykal Foksga (21-1, 5 KO) qarshi ringga chiqib, ochkolar hisobiga ko‘ra, mag‘lubiyatga uchragandi. Shundan so‘ng u AQSHdan O‘zbekistonga qaytib kelgan. Hozircha uning qachon Amerikaga qaytib borishi ma’lum emas.

Manba: gosport.uz
Kiritildi: 12:06, 11.12.2019.
O'qildi: 2451 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик