Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio - Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol - Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

Andrey Fyodorov «Lokomotiv» bosh murabbiyligiga qaytdi

Andrey Fyodorov «Lokomotiv» bosh murabbiyligiga qaytdi

Baho:
+ | -

«Lokomotiv» PFK rahbariyati “temiryo‘lchilar”ga yaxshi tanish bo‘lgan Andrey Fyodorovni bosh murabbiy etib tayinladi. Ma’lumki, ushbu mavsum yakuniga etgach Samvel Babayan boshchiligidagi murabbiylar shtabi Xitoy klubidan tushgan taklif tufayli «Lokomotiv»ni tark etishdi.

Bu orada klub rahbariyati bir nechta murabbiylar bilan muzokara olib borib yakunda Andrey Fyodorov variantiga to‘xtaldi. Toshkentliklar 2019 yilgi futbol mavsumini aynan Andrey Vitalevich qo‘l ostida boshlab dastlab O‘zbekiston Superkubogida g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi, shuningdek, Osiyo chempionlar ligasidagi guruh o‘yinlarini to‘liq Fyodorov qo‘l ostida o‘tkazishdi.

«Lokomotiv» Superliganing 12-turidan o‘rin olgan “Dinamo” bilan o‘yinda mag‘lubiyatga uchragach, Fyodorov iste’foga chiqarilgandi. Bundan buyon “Loko”ni yana O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq himoyachisi Andrey Fyodorov boshqaradi. Andrey Vitalyevichga yordam beradigan murabbiylar shtabi klub tomonidan rasman e’lon qilinadi.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 23:31, 11.12.2019.
O'qildi: 3733 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.