Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

O‘FA, PFL va «Sport» telekanali ishchi guruhi Qo‘qonda bo‘ldi

O‘FA, PFL va «Sport» telekanali ishchi guruhi Qo‘qonda bo‘ldi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, O‘zbekistonda VAR (Video Assistant Referee – video yordamchi hakam) tizimini joriy etish ko‘zda tutilmoqda.

Shu boisdan keng ko‘lamli ishlar boshlab yuborilgan. O‘FA va PFL mutaxassislari, klublar vakillari, stadionlar rahbarlari hamda Sport telekanali vakillaridan iborat ishchi guruh tuzilib, mamlakatimizdagi stadionlarning VAR tizimidan foydalanishga tayyorgarligi o‘rganilayotgani haqida xabar bergan edik.

Bugun ishchi guruh Qo‘qondagi "Markaziy" stadionida bo‘ldi. Tashrifdan maqsad stadionda VAR tizimini ishlatish uchun mavjud shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirish hamda bu borada stadion va klub xodimlari bilan suhbat o‘tkazish edi.

“Markaziy” stadionda VAR tizimini ishga tushirish uchun qilinishi lozim bo‘lgan ishlar borasida maslahat va tavsiyalar  berildi. Shuningdek VAR tizimida ko‘plab kameralar bilan ishlash uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish, video yordamchi xakam uchun alohida xona ajratilishi lozimligi borasida stadion va klub vakillari bilan suhbat o‘tkazildi.

Sport telekanalining vakillari stadionda kameralar o‘rnatiladigan maxsus joylarni tanlash, ularni standart talablar asosida jihozlash bo‘yicha takliflarini bildirishdi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 21:05, 13.12.2019.
O'qildi: 2179 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик