Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

VAR tizimi bo‘yicha maxsus ishchi guruh Bekobodda bo‘ldi

VAR tizimi bo‘yicha maxsus ishchi guruh Bekobodda bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Jahonning rivojlangan davlatlarida futbol uchrashuvlari vaqtida adolat va shaffoflikni ta’minlash maqsadida VAR (Video Assistant Referee – video yordamchi hakam) tizimidan keng foydalanib kelinmoqda.

O‘tgan mavsumning Liga kubogi finalida bu jarayonga bizda ham sinovdan o‘tkazildi. Bojlanajak mavsumdan e’tiboran esa uni keng qo‘llash ko‘zda tutilmoqda. Shu maqsadda VAR tizimini yo‘lga qo‘yish, ushbu tizimdan samarali foydalanish bo‘yicha O‘FA ishchi guruhi mamlakatimiz stadionlaridagi holat, ularning yangi jarayonga tayyorligini o‘rganishyapti. Bu borada O‘FA va PFL mutaxassislariga O‘zMTRK “Sport” telekanali hamkorlik qilmoqda.

Maxsus ishchi guruh yaqinda Bekobod shahrida ham bo‘ldi va “Metallurg” markaziy stadioniga tashrif buyurdi.

Mehmonlar “Metallurg” PFK hamda “Markaziy” o‘yingoh vakillariga VAR kameralari o‘rnatilishi uchun maxsus joylar hozirlash, VAR faoliyati uchun zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha mavjud holatni o‘rganib, kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar, kameralar o‘rnatiladigan maxsus joylarni tanlash, ularni standart talablar asosida jihozlash bo‘yicha o‘z takliflarini bildirishdi.

Aytish kerak, shu kunga qadar ishchi guruh “Bunyodkor”, “Lokomotiv”, “Paxtakor”, “Navbahor”, AGMK, “Andijon” hamda “Navbahor” jamoalari uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan stadionlari bilan ham tanishib chiqdi.

Reja asosida Superliganing boshqa klublari stadionlari ham ko‘zdan kechirilib, stadionlarda VAR tizimidan foydalanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha ishlar olib boriladi.

“Metallurg” PFK matbuot xizmati.

Manba: metallurg-pfc.uz
Kiritildi: 08:16, 14.12.2019.
O'qildi: 2598 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.