Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

La liga. «Barselona» «el-klasiko» oldidan ochko yo‘qotdi

La liga. «Barselona» «el-klasiko» oldidan ochko yo‘qotdi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 17-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Real Sosyedad» va «Barselona» o‘rtasidagi o‘yinda jangovar durang qayd etildi.

Uchrashuvning 11-daqiqasida mezbonlar burchak zarbasini amalga oshirgan paytda Buskets o‘z jarima maydoni ichida raqib futbolchisini tortib qolgani uchun hakam "Barselona" darvozasi tomon penalti belgiladi. Mikel Oyarsabal 11 metrli jarima zarbasidan unumli foydalanib, hisobni ochdi.

Ushbu goldan keyin ustunlik to‘laligicha san-sebastyanliklar tomonida bo‘ldi. Bo‘lim tugashiga 7 daqiqa qolganida kataloniyaliklar qarshi hujum tashkil qilib, o‘zlarining ilk imkoniyatidayoq raqib darvozasini ishg‘ol qilishdi. Suaresning uzatmasidan keyin Grizmann yakkama-yakka vaziyatga chiqib borib, "parashyut" uslubida to‘pni darvozabonning ustidan oshirib qo‘ydi.

"Ko‘k-anorranglilar" ikkinchi bo‘limni ancha faol boshlab, tezda oldinga o‘tib olishdi. Maydon markazida turgan Buskets ajoyib uzatma bilan Messini darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi. Argentinalik futbolchi to‘pni qizg‘anmadi va yanada qulay vaziyatda turgan sherigiga uzatma berdi. Luis Suares bo‘sh darvozani zabt etdi.

Valverde shogirdlari o‘yinni nazorat qilishayotgan edi, toki darvozabon qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ymaguncha. Nacho Monreal tomonidan chap qanotdan yetkazilgan u qadar kuchli bo‘lmagan to‘pni Mark-Andre Ter Shtegen shundoqqina oldida turgan Isakka qaytardi. Aleksander yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi.

Shundan keyin ustunlik yana "Sosyedad" tomoniga o‘tgan bo‘lsa, "Barselona" so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketishga harakat qildi. Ammo yakuniy hisob — 2:2.

Shu tariqa, "Barsa" 18 dekabr kuni "Real"ga qarshi bo‘ladigan o‘yin oldidan 2 ochko yo‘qotdi. "Real" esa "Valensiya"ga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonsa, jadvalda 1-o‘ringa ko‘tarilib oladi.

Ispaniya La ligasi, 17-tur
Real Sosyedad – Barselona 2:2 (1:1, 1:1)
Gollar: 1:0 – 12, penalti Oyarsabal, 1:1 – 38 Grizmann, 1:2 – 49 Suares, 2:2 – 62 Isak.
Real Sosyedad – Remiro, Lyorente, Saldua, Monreal, Gevara, Merino, Edegor, Oyarsabal (Barrenechea, 85), Subeldiya, Portu (Yanuzay, 59), Isak (Villian Joze, 66).
Barselona – ter Stegen, Langle, Serji Roberto, Alba (Semedu, 74), Pike, Buskets (Alenya, 73), de Yong, Rakitich (Vidal, 79), Messi, Suares, Grizmann.
Ogohlantirish: Suares (74).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:51, 14.12.2019.
O'qildi: 5647 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.