Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Davron Fayziyev Qatar safari bilan o‘rtoqlashdi

Davron Fayziyev Qatar safari bilan o‘rtoqlashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi ishchi guruhi ayni paytda Qatarda bo‘lib turibdi. Mutaxassislarimiz Qatarning yirik musobaqalarni o‘tkazish borasidagi tajribasini o‘rganishmoqda. Guruh safida O‘FA media departamenti boshlig‘i Davron Fayziyev ham bor. U telegramdagi kanali orqali o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Ayni vaqtda Qatarda bo‘lib turibman. Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati doirasida katta turnirlar o‘tkazish bo‘yicha seminar bo‘lyapti. 40 qavatli Qatar futboli uchun ajratilgan binoga bordik. Tafsilotlar bilan sizni qiynamayman. Taassurot xolos. 2022 yilgi Jahon chempionati futuristik ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Ishoning, Qatar tayyorgarlikni “yorvoryapti”. Balki shunchaki prezentasiya vahimalikdir, lekin ishlarning deyarli yarmi qilib bo‘lingan. Milliardlar sarflanyapti. Metro quriladi mundialgacha. Havo mana hozir ideal ko‘rinishda futbol o‘ynash uchun. Qishda o‘tkazish qarori to‘g‘ri bo‘lgan. Yulduzlar ham mavsum oxirida suvi siqilgan limondek ahvoldamas, mavsum o‘rtasida formaning cho‘qqisida borishadi.

Bitta kamchilik shuki, klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga ham Dohaning o‘zida qiziqish u qadar yuqorimas. Bo‘lmasam so‘nggi yuksak natijalardan kelib chiqsak Qatarda futbolga muxlislik bo‘yicha “bum” bo‘lishi kerak edi. Terma jamoa Osiyo chempioni! Bugungi kunda ahvol shunday, balki mundialgacha o‘zgarar. Butun dunyodan keladigan muxlislarning o‘zi atmosfera ta’minlab berishadi. Millionlab turistlar oqimini kichik mamlakat qanday sig‘dirarkin. Tashkilotchilikni eplashyapti. To‘g‘riyamda, har bir pozisiyada FIFAdan, yoki futboli rivojlangan mamlakatlardan yetuk professionallar ishni boshqarib turishibdi. Bugun, shuningdek, "Esparansa" - "Al-Hilol" o‘yiniga tushdik. Afrika va Osiyo chempionlari to‘qnashuvi. "Hilol" yutdi qiynalib. Bu alohida mavzu, keyinroq yozaman".

Manba: https://t.me/Davron_Fayziev
Kiritildi: 08:30, 15.12.2019.
O'qildi: 3865 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик