Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

«Lokomotiv» Jerrard klubi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

«Lokomotiv» Jerrard klubi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Superligani ikkinchi o‘rinda tugatgan «Lokomotiv» yangi mavsumni birmuncha erta boshlaydi. “Temiryo‘lchilar” 21 yanvardan Osiyo chempionlar ligasiga kirishadilar. Shu kuni Toshkentda Tojikiston chempioni «Istiqlol» OCHL pley-off bosqichi doirasida mehmon bo‘ladi.

Agar «Lokomotiv» 21 yanvar kuni «Istiqlol»ni mag‘lub etsa, 28 yanvar kuni safarda Saudiya Arabistonining «Al Ahli» klubiga qarshi ikkinchi pley-off uchrashuvini o‘tkazadi. “Al Ahli” mag‘lub etilgan taqdirda toshkentliklar OCHL guruh o‘yinlariga yo‘llanma olishadi. Ko‘rib turganingizdek, “Loko” uchun yangi mavsum ancha erta start oladi.

«Temiryo‘lchilar» mavsumga tayyorgarlikning dastlabki qismini Yangi yil bayramiga qadar Toshkentda olib borishadi. Shundan so‘ng jamoa Dubayga yo‘l olib OCHL bahslariga tayyorgarlikni davom ettiradi. Dubayda bo‘ladigan o‘quv-mashg‘ulot davomida bir nechta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Hozircha «Lokomotiv»ning ikkita raqibi ma’lum. Klub tomonidan yuborilgan taklifga Xitoy va Shotlandiya klublari rozilik bildirishdi. Shulardan biri Xitoy Superligasi vakili “Jiangsu Sunin” futbol klubi. Ma’lumot uchun, ushbu jamoa bu yilgi chempionatni 4-o‘rinda tugatdi. “Jiangsu” bosh murabbiyi ruminiyalik Kosmin Olariu hisoblanadi. Ikkinchi jamoa esa Shotlandiyaning eng nomdor klublaridan biri «Glazgo Reynjers». Ayni paytda ushbu jamoani «Liverpul»ning sobiq sardori Stiven Jerrard boshqaryapti.

Har ikki xorij klubiga «Lokomotiv» PFK tomonidan yuborilgan taklif ma’qul keldi. Toshkentliklar «Glazgo Reynjers»ga qarshi 10 yoki 11 yanvar kuni o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishadi. “Jiangsu Sunin” bilan bo‘ladigan o‘yin 14 yanvarga belgilangan.

Manba: Lokomotiv.uz
Kiritildi: 00:04, 16.12.2019.
O'qildi: 3831 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.