Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

La liga. «Real» so‘nggi soniyalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi (videosharh)

La liga. «Real» so‘nggi soniyalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi (videosharh)

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 17-turi doirasidagi so‘nggi o‘yin «Mestalya» stadionida bo‘lib o‘tdi. "Valensiya" o‘z uyida "Real"ni qabul qilib, g‘alaba juda yaqin turgan edi...

Zidan shogirdlari uchrashuvni yuqori ishtiyoq bilan boshlab, raqib darvozasiga tezkor gol urish payida bo‘lishdi. "Ko‘rshapalaklar" esa qiyinchilik bo‘lsa-da tanaffusga qadar o‘z darvozalari daxlsizligini saqlab qolishdi. Ayniqsa, darvozabon Xaume Domenek ikkita vaziyatda mahorat ko‘rsatishiga to‘g‘ri keldi.

Ikkinchi bo‘lim boshida esa "Valensiya" hisobni ochish uchun yaxshi imkoniyatdan foydalana olmadi. Jarima maydoni tashqarisidagi Ramos sirpanib yiqilishi oqibatida to‘pni egallagan Ferran Torres darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi, ammo Kurtuani dog‘da qoldira olmadi.

Umuman olganda, ikkinchi taym davomida mezbonlarning ustunligi oshib bordi va 78-daqiqada bu o‘z samarasini berdi. Koklen jarima maydoniga o‘ng tomondan yorib kirgan Vassni to‘p bilan ta’minladi. Uning uzatmasidan keyin esa Soler 7-8 metrdan kuchli zarba bilan to‘pni "Real" darvozasiga joyladi.

O‘yin maydon egalarining g‘alabasi bilan yakunlanadigandek edi, go‘yo. Mehmonlar qo‘shib berilgan daqiqalar yakunlanish arafasida burchak zarbasi ishlashdi. Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Tibo Kurtua (!) bosh bilan zarba berdi, "Valensiya" posboni uni qaytardi. Ammo to‘p Garayning oyog‘iga tegib Benzemaga kelib tushdi. Karim esa 3-4 metrdan darvozani ishg‘ol qildi.

Shu tariqa, 18 dekabr kuni bo‘ladigan "el-klasiko"ga "Barselona" va "Real" klublari bir xil — 35 ochko to‘plagan holda yetib keladigan bo‘lishdi.

Ispaniya La ligasi, 17-tur
"VALENSIYA" - "REAL MADRID" - 1:1 (0:0)
Gollar: 1:0 – 78 Soler, 1:1 – 90+5 Benzema.
Valensiya – Domenek, Gayya, Kosta (Valyexo, 61), Gabriel Paulista, Vass, Parexo, Koklen (Kondogbia, 83), Ferran Torres (Diakabi, 90), Soler, Garay, Rodrigo.
Real Madrid – Kurtua, Ramos, Nacho, Karvaxal, Varan, Valverde, Kroos, Isko (Beyl, 69), Modrich (Yovich, 81), Rodrigo (Vinisius Junior, 69), Benzema.
Ogohlantirishlar: Soler (38), Karvaxal (77), Yovich (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:52, 16.12.2019.
O'qildi: 9331 marta.
Fikrlar: 25 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик