Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Dzyudochilarimiz Masters turniridan qaytib kelishdi

Dzyudochilarimiz Masters turniridan qaytib kelishdi

Baho:
+1 | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

12-14 dekabr kunlari Xitoyning Sindao shahrida dzyudo bo‘yicha Masters seriyasiga kiruvchi yirik musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi kecha tunda poytaxtimizga qaytib keldi.

11 nafar dzyudochi bilan ishtirok etgan delegasiyamiz mazkur musobaqada 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Vakillarimizdan Sharofiddin Lutfillayev (-60 kg) va Diyora Keldiyorova (-52 kg) shohsupaga ko‘tarilgan. Shuningdek, qolgan dzyudochilarimiz musobaqadagi ishtiroki orqali Tokio Olimpiadasi yo‘lida qimmatli reyting ochkolarini jamg‘arib olishdi.

Ta’kidlash joiz, delegasiyamiz Sindaodan avval Yaponiyaning Osaka shahrida Katta dubulg‘a musobaqasida ishtirok etib, kunchiqar yurtning o‘zida bir necha kun xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida qatnashgan edi. Vakillarimizni kutib olish marosimida O‘zbekiston MOQ vise-prezidenti, O‘zbekiston dzyudo federasiyasi raisi Azizjon Kamilov ham ishtirok etib, dzyudochilarimizni qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyat bilan qutlab o‘tdi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 17:43, 16.12.2019.
O'qildi: 1943 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик