Kirish Ro'yxatdan o'tish

UYEFA Ruminiyaga nisbatan ishni yopdi

UYEFA Ruminiyaga nisbatan ishni yopdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

UYEFA Yevro-2020 doirasida bo‘lib o‘tgan Ruminiya hamda Shvesiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda mahalliy muxlislar mehmonlar futbolchisiga irqchilik ruhida munosabatda bo‘lgani uchun, Ruminiyaga qarshi ish ochgan edi.

Ushbu ish bo‘yicha yig‘ilgan komissiya a’zolarining so‘nggi qarorlaridan so‘ng, Ruminiya futbol federasiyasiga ochilgan ish yopildi deya xabar bermoqda UYEFA rasmiy sayti.

Uchrashuv 15 noyabr kuni Buxarestda bo‘lib o‘tgan edi va unda Shveysiya terma jamoasi 2:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. OAV orqali Shvesiya terma jamoasi hujumchisi Aleksander Isakka nisbatan irqchilik ruhimda bo‘lgan munosabatlardan keyin, UYEFA tekshiruv ishlarini boshlagandi.

Xabarda aytiligicha, UYEFA Ruminiya futbol federasiyasini 40,5 ming yevro miqdorida jarimaga tortdi. Sababi, uchrashuv maydonida mahalliy muxlislar pirotexnika vositalaridan foydalangan, maydonga turli xil buyumlar uloqtirishgan va ta’qiqlangan bannerlardan foydalanishganidi.

Kiritildi: 10:32, 17.12.2019.
O'qildi: 1539 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.