Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Muxlislar Van Deykni Angliyaning 2019 yildagi futbolchisi deb topishdi

Muxlislar Van Deykni Angliyaning 2019 yildagi futbolchisi deb topishdi

Baho:
+ | -

«Liverpul» himoyachisi Virjil van Deyk Futbol muxlislari assosiasiyasi versiyasiga ko‘ra Angliyaning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

O‘tkazilgan so‘rovnomada gollandiyalik futbolchi Rahim Sterling («Manchester Siti»), Son Xeung-Min («Tottenxem»), Jeymi Vardi («Lester»), Pyer-Emerik Obameyang («Arsenal») va o‘z jamoadoshi Sadio Maneni ortda qoldirdi.

«Ushbu sovrin uchun minnatdorchilik bildiraman, u men uchun katta ahamiyatga ega. Men uchun ovoz bergan barcha muxlislarga rahmat aytaman. Shu paytgacha bajarib kelgan vazifamni bajarishda davom etaman, yanada kuchliroq bo‘laman va o‘z jamoamga yordam beraman, deb umid qilaman», – dedi van Deyk.

Eslatib o‘tamiz, Virjil van Deyk o‘tgan mavsumda Yevropa chempionlar ligasi g‘olibiga aylangan bo‘lsa, APLda kumush medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu mavsumda esa 28 yoshli futbolchi barcha musobaqalar doirasida 25ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi va bitta golga uzatma berdi.

Manba: bombardir.ru
Kiritildi: 20:28, 17.12.2019.
O'qildi: 2399 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик