Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl

Diyor Imomxo‘jayev Pro-ligada qatnashishga tayyor klublarga murojaat bilan chiqdi

Diyor Imomxo‘jayev Pro-ligada qatnashishga tayyor klublarga murojaat bilan chiqdi

Baho:
+1 | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

2020 yilgi mavsumda Pro-ligada ishtirok etish istagini bildirib, bir qator klublardan murojaat tushmoqda. Yana kimda shunday reja bo‘lsa, quyidagi fikrlar bilan tanishib chiqishini istardim.

Biz 2019 yilgi mavsum so‘ngida pulkani qayta tikladik. Unda sport prinsiplariga to‘liq amal qilinib, faqatgina o‘z mintaqasida g‘olib chiqqanlarnigina poytaxtda to‘pladik. Yakunda Namanganning Paxtakor-79 klubi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Demak, kimdir Pro-ligada o‘ynamoqchi bo‘lsa, 2020 yil o‘z viloyatining 2-ligasida o‘ynaydi, uni yutsagina, yil so‘ngida pulkada ishtirok etadi. Boshqachasiga biz pulkada ishtirok etgan barcha klublarga nisbatan nohaqlik qilgan bo‘lamiz.

Shuningdek, ko‘plab klublar hokim barcha sharoitlarni qilib berishi haqida aytishyapti. Birinchidan, tuman hokimi barcha sharoitlarni qilib bera olmaydi. Futbolimiz tarixi bunday va’dalarning ko‘pini ko‘rgan. Ikkinchidan, hokimlar qishloqlarda svet, gaz bo‘lishini, tibbiy xizmat, ta’lim sohasida o‘sishlar bo‘lishini va hokazolarni o‘ylagani to‘g‘riroq. O‘FA va O‘zPFL bundan buyog‘iga xususiy futbol klublarini qo‘llab-quvvatlaydi, o‘z reglamentlarida xususiy futbol klublari uchun yengilliklar yaratadi. Va albatta bosqichma-bosqich katta klublar ham o‘z yo‘nalishlarini o‘zgartirishlariga to‘g‘ri keladi.

Xulosa: Pro-ligada o‘ynamoqchimisan, O‘FA yoki O‘zPFL rahbariyatining eshigi ostida turma, o‘rtaga odam solma, telefonlarini tinch qo‘y. Zo‘r bo‘lsang, o‘zingni maydonda ko‘rsat, futbol o‘yna, 2-ligani yut, pulkani yut, umuman, hammani yut. Eng to‘g‘ri yo‘li shu. Tugadi.

Diyor Imomxo‘jayev

 

Manba: Диёр Имомхўжаев телеграм канали
Kiritildi: 12:15, 18.12.2019.
O'qildi: 3416 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.