Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Bobur Akmalovdan anons: Bugun katta futbol kuni.

Bobur Akmalovdan anons: Bugun katta futbol kuni.

Baho:
+ | -

Top-5 milliy chempionatlarda qiziqarli o‘yinlar bor. Aynan yorqin afishalar bir vaqtga to‘g‘ri kelib qolgan. Muxlis uchun tanlov imkoniyati keng. Boshqa tomondan bunday tanlov yoqimsiz ham. Axir barcha markaziy o‘yinlarni tomosha qilgimiz keladi.

Demak, parallel o‘tadigan o‘yinlar:

A Seriya ishqibozlari soat 22:45da boshlanajak "Inter" – "Jenoa" o‘yiniga ixtiyor berishlari mumkin. "Neradzurri" chempionlik uchun kurashyapti axir!

Germaniyada Yurgen Klinsmann boshchiligida o‘ziga kelayotgan va Yevroligalarga o‘rin uchun kurashga qo‘shilayotgan "Herta" peshqadamlardan biri "Borussiya" Myonhengladbax bilan kuch sinashadi. 1-davraning so‘nggi turi ko‘p narsaga oydinlik kiritsa ne ajab. O‘yin 22:30da boshlanadi.

Angliyada turning markaziy o‘yini bor. "Liverpul"dan keyingi jamoaga aylanib olgan, shiddatli futbol namoyish etayotgan "Lester Siti" bu turda "Manchester Siti"ning chempionlik kurashiga qaytish-qaytmasligini aniqlab beradi. Start 22:30da.

Yuqoridagilar-ku milliy chempionatlar tur o‘yinlari. Biroq bugun yana bir o‘yin borki, jahonning eng kuchli klubini aniqlab beradi. Klublar o‘rtasidagi JCH finali Lotin Amerikasi va Yevropaning azaliy qarama-qarshiligining yana bir saxifasidir. Ko‘hna qit’ada tengsiz bo‘lgan "Liverpul" Janubiy Amerikada birinchi raqamli jamoa bo‘la olgan "Flamengo" bilan chempionlik sovrini uchun kurashadilar. Ana shu supermatch ham 22:30 boshlanishi rejalangan.

Xo‘sh, Siz deyarli bir vaqtda boshlanajak o‘yinlarning qay birini to‘g‘ridan to‘g‘ri tomosha qilasiz?

Kamina Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati finalini sharhlayman. Va tabiiyki, ana shu o‘yinni tomosha qilishga tashviqot qilaman. Axir bu final!

Sport telekanalida 22:30da uchrashamiz, nasib bo‘lsa!

Liverpul (Angliya) – Flamengo (Braziliya)

SportTV. 22:30. LIVE!

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:32, 21.12.2019.
O'qildi: 5935 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.