Kirish Ro'yxatdan o'tish

APL «Liverpul»ga oltin rangli Kubok ramzi bilan o‘ynashga ruxsat berdi

APL «Liverpul»ga oltin rangli Kubok ramzi bilan o‘ynashga ruxsat berdi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasi «Liverpul»ga klublar o‘rtasidagi jahon chempioni unvonini bildiradigan oltin rengli kubok ramzini futbolkaga tushirishga ruxsat berdi.

Ushbu belgi jamoaning «Vulverxempton»ga qarshi 29 dekabr kuni bo‘ladigan uy uchrashuvida paydo bo‘ladi. Bu haqda The Telegraph xabar tarqatdi.

Buning uchun esa «Liverpul» ushbu belgilar tushirilgan futbolkalarni qabul qilishga ulgurishi kerak. FIFA hozircha ushbu belgilarni jamoaga taqdim etmadi. Tashkilot maxsus taqdimot marosimini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Dastlab APL «Liverpul»ga bu belgi bilan chempionat bahslarida o‘ynashga ruxsat bermagan edi. Qoidaga ko‘ra, mavsum davomida klub formasiga faqat xayriya maqsadida o‘zgartirish kiritish mumkin. Mersisaydliklar ushbu qoidani qayta ko‘rib chiqish taklifi bilan chiqishdi. Klub so‘nggi 10 yilda Angliya jamoasi ilk marta ushbu sovrinni qo‘lga kiritganiga urg‘u berdi.

FIFA qoidalariga ko‘ra esa, klublar o‘rtasidagi JCHda g‘olib chiqqan jamoa keyingi musobaqa yakuniga qadar futbolkada maxsus ramz bilan harakat qilishi mumkin. "Real" bunday imkoniyatdan 3 yil davomida uzluksiz foydalanib keldi.

Manba: bombardir.ru
Kiritildi: 22:42, 25.12.2019.
O'qildi: 5771 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.