Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Mirjalol Qosimov: «AGMK jamoasi rivojlanish va o‘sish bosqichida»

Mirjalol Qosimov: «AGMK jamoasi rivojlanish va o‘sish bosqichida»

Baho:
+ | -

AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov jamoa bilan yangi shartnoma imzolagach klub axborot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirdi.

— "Avvalambor klub rahbariyatiga bildirilgan ishonch uchun tashakkur. O‘tgan mavsum jamoamizning birinchi davradagi ishtirokidan keyin tegishli xulosalar chiqarib, mavsumni ikkinchi qismida vaziyatni yaxshi tarafga o‘ngladik. Davralar oralig‘idagi tanaffusdan keyin jamoaning ichki muhiti yaxshilandi va bu o‘yin hamda natijalarda ham yaxshi taraflama aks etdi. O‘zaro o‘yin ko‘nikmasi hamda tushunchasi shakllandi.

Ayni paytda AGMK jamoasi rivojlanish va o‘sish bosqichida. O‘tgan mavsumda boshlagan ishimizni yangi yilda ham davom ettirib, jamoaviy o‘yinni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha jiddiy ishlaymiz. Maqsad AGMKni yuqori darajaga olib chiqish. Katta ishlar asta-sekinlik amalga oshiriladi. Dastlabki yilgi xato yoki kamchiliklar yangi mavsumda muvaffaqiyat qozonishimiz uchun tegishli xulosalarni berishi mumkin. Xudo xohlasa, yangi mavsumda Olmaliq shahri hamda jamoamiz muxlislarini xursand etish uchun qattiq ishlaymiz. Shu o‘rinda doimo jamoamiz uchun qayg‘urib, bizga dalda bo‘lib kelgan ishqibozlarimizga rahmat aytaman. Aynan ularning olqishi AGMK jamoasining katta maqsadlar yo‘lidagi mashaqqatli ishini osonlashtiradi", - deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi Mirjalol Qosimov.

Manba: www.fc-agmk.uz
Kiritildi: 22:18, 26.12.2019.
O'qildi: 4433 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.