Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

“iPhone 11 pro”dan voz kechib, ekrani siniq telefon ishlatayotgan Mane

“iPhone 11 pro”dan voz kechib, ekrani siniq telefon ishlatayotgan Mane

Baho:
+ | -

Yaqinda feysbuk ijtimoiy tarmog‘ida Sadio Manening suratini ko‘rdim. Nima bo‘pti dersiz? Qo‘lida ekrani singan telefon. Eng qizig‘ini aytaymi, yaqinda “Liverpul” klubi futbolchilariga “iPhone 11 pro” telefoni sovg‘a qilindi. Men ko‘rgan suratda Manening ortida turgan Firminoning qo‘lida xuddi shu telefon. Sadio esa ekrani singan telefon tutib turardi. Katta ehtimol bilan Mane yangi telefonini sotib, pulini xayriya maqsadida ishlatgan, har holda mendagi ma’lumotlar shunday. Nima bo‘lganda ham senga “iPhone 11 pro” telefonini sovg‘a qilishsa-yu, sen oddiy ekrani singan telefon ishlatib yursang... Vaholanki, Mane bu telefonni tutib yursa ham hech kim gapirmasdi, chunki bu sovg‘a...

“ICHMAYMAN”

Manening hurmat qiladigan jihatlari ko‘p. Xususan, shu paytga qadar Yevropada futbolchilar maishatdan, alkogoldan o‘zini tiya olmaydigan bir muhitda senegallik futbolchi spirtli ichimliklarga yaqinlashmaydi ham. Buni u quyidagicha izohlaydi: “Islom men uchun juda muhim. Besh vaqt namozimni qoldirmay o‘qiyman. Dinning boshqa hukmlarini ham bajaraman".

ENG YAQIN DO‘STI XRISTIAN

Yana bir fakt meni hayron qoldirdi. Saytlardagi ma’lumotlarga ko‘ra, Sadio Manening eng yaqin do‘sti Lyuk, ya’ni xristian. Mane xristian dinidagi Lyuk bilan eng yaqin do‘st ekanligini yashirmayapti.

“Senegalda 90 foiz aholi musulmon, xristianlar faqat 10 foiz. Birgalikda hamjihatlik va do‘stlik hukmron muhitda yashaydilar. Mening eng yaqin do‘stim Lyuk – xristian”. Bu Manening iqrori. Shunchaki qoyil qolish kerak.

HAR OILAGA 70 YEVRODAN

Mane Senegaldagi kambag‘al tumanlarning biridagi har bitta oilaga 70 yevrodan beradi. Savob uchun, hech qanday manfaatsiz. Niyat bitta — muhtojlarning hojatini chiqarib, savob olish, musulmonlik burchini bajarish. Maktablar ochdi u, stadionlar qurdi u. Foz kechgani – shohona hayot, dang‘illama hovlilar, Neymar yoki Ronalduniki kabi samolyotlar va boshqa moddiy boyliklar. Mane uchun bular hech narsa. Shuning uchun ham Sadio Mane omaddan, Yaratganning e’tiboridan mosuvo emas.

O‘Z VAQTIDA OCH YASHAGANMAN

“Ochlik nimaligini juda yaxshi bilaman. To‘p tepishga qiziqardim, ammo oyoq kiyimim yo‘q edi. Shuning uchun bugun muhtojlarga kiyim-kechak olib beryapmiz. Qiynalganlardan yordamimizni ayamayapmiz”.

Mane – Allohdan astoydil so‘rasang, ezgu, savob ishlar qilsang, mukofotini olishingning yaqqol isboti. Bir paytlar men mashhur futbolchi bo‘laman, deganida hamma uning ustidan kulgandi. Chunki Senegalda tug‘ilgan, qashshoqlikka mahkum oila farzandi uchun bu fantastikadek gap edi. Ammo Yaratgandan chin dildan so‘ragan yigitcha bugun niyatiga erishdi, eng muhimi, Mane Allohni unutib qo‘ygani yo‘q, bergan ne’matlari evaziga Yaratganga munosib javob qaytaryapti.

Oramizda Manedan o‘rnak olishi kerak bo‘lganlar bisyor. Ertalab bamdod namozini o‘qib, keyin hech ikkilanmay aroq ichadiganlar, aroq ichib, tag‘in duo o‘qiydiganlar, Yaratgandan orzulari amalga oshishini so‘rab, “Shu niyatlarimiz amalga oshishi uchun oldik”, deya shayton suvini sipqoradiganlar talaygina. Oramizda sovg‘a qilingan qimmatbaho telefonni xayriya yo‘liga sarflab, o‘zi ekrani singan telefon ishlatib yuradiganlar kamdan-kam. Oramizda qo‘shnisi, yaqini kambag‘al, yordamga muhtoj, o‘zi esa dang‘illama qasrda yashab, allambalo mashinalarni minib yurganlar ko‘p. Oramizda Manega o‘xshashi kerak bo‘lganlar ko‘p.

Nizomjon ISLOMOV

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:21, 28.12.2019.
O'qildi: 15362 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.