Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 1-1 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 2-1 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina 1-0 Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi
14/04 23:59 Atletiko - Barselona
14/04 23:59 Liverpul - PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

APL. «Everton» Anchelotti boshqaruvida ketma-ket ikkinchi o‘yinda g‘alaba qozondi

APL. «Everton» Anchelotti boshqaruvida ketma-ket ikkinchi o‘yinda g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 20-turi doirasida 3ta o‘yin yakuniga yetdi.

«Everton» safarda «Nyukasl» klubi mehmoni bo‘lib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mersisaydliklar hujumchisi Kalvert-Lyuin bu o‘yinda 2ta golga mualliflik qildi. Shu tariqa, Karlo Anchelotti jamoani qabul qilganidan keyin ketma-ket ikkinchi o‘yinda g‘alaba qozondi. Ushbu g‘alaba tufayli «Everton» o‘z ochkolarini 25taga yetkazib, jadvada 10-o‘ringa ko‘tarildi.

«Sautgempton» o‘z maydonida «Kristal Pelas» bilan durang o‘ynagan bo‘lsa, «Uotford» o‘z uyida «Aston Villa»ni yirik hisobda mag‘lub etdi. E’tiborli tomoni, «Uotford» futbolchisi Mariappa bahsning 57-daqiqasida maydondan chetlatilgan edi. Shundan so‘ng mezbonlar yana ikkita gol urishdi.

APL. 20-tur

Nyukasl Yunayted – Everton – 1:2 (0:1)
Gollar: 0:1 – Kalvert-Lyuin, 13; 1:1 – Sher, 56; 1:2 – Kalvert-Lyuin, 64.

Sautgempton – Kristal Pelas – 1:1 (0:0)
Gollar: 0:1 – Tomkins, 50; 1:1 – Ings, 74.

Uotford – Aston Villa – 3:0 (1:0)
Gollar: 1:0 – Dini, 42; 2:0 – Dini, 67 (penalti); 3:0 – Sarr, 71.
Chetlatish: Mariappa (57, "Uotford").

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:49, 28.12.2019.
O'qildi: 2221 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик