Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknga oid eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

“Barselona” yangi hujumchi topdi

Gollandiyaning PSV klubi hujumchisi Daniyel Malen Katoloniyaning “Barselona” jamoasi e’tibor markazida turibdi. Sports.es nashri bergan xabarlarga ko‘ra, “Barselona” “Inter” hujumchisi Lautaro Martinesni qo‘lga kiritishni uddalay olmasa, bor e’tiborini aynan Malenning transferiga qaratadi. Ayni damda gollandiyalik futbolchining transfer qiymati 28 million yevroga teng. Shunga qaramay, PSV o‘z hujumchisi bilan 40 million yevrodan kamiga xayrlashmoqchi emas.

“Manchester Siti”dan kutilmagan yurish

“The Athletic”ning xabar berishicha, “Manchester Siti” kelasi yil yozda katta mashtabdagi transfer kompaniyasini amalga oshirishni rejalshtirmoqda. Unga ko‘ra, klub o‘z futbolchilarining bir nechtasini sotuvga qo‘yadi.

Sotuvga qo‘yilishi kutilayotgan futbolchilar ro‘yxatida Nikolos Otamendi, Benjamin Mendiy va Gabriyel Jezus ham mavjud. Hujumchi klub sferasidagi muhim futbolchilardan biri bo‘lishiga qaramay, “shaxarliklar” jamoa tarkibini to‘liq yangilishni istashmoqda. Klub shu yo‘sinda o‘z imidjini tiklab olmoqchi.

Ronaldu ortga qaytishi mumkin

Taniqli va ishonchli “Goal.com” sayti bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Turinning “Yuvnetus” klubi hujumchisi Krishtiyanu Ronaldu qishki transferlar chog‘ida Madridga qaytishi mumkin. Futbolchini ortga qaytarish fikri “qirolik klubi” raxbari Florentina Peresdan chiqqan.

Bundan tashqari, Peres Ronaldu bilan uning ortga qaytishi haqida kelishib ham olgani ma’lum qilinmoqda. Agar barchasi omadli ko‘rinish olsa, Ronaldu qishki transferlar chog‘ida “Real Madrid”ga qaytish mumkin.

Stadion.uz izohi: Ushbu xabar chiqqan kun Ispaniyada xalqaro hazil kuni hisoblanadi. Xuddi bizda 1-aprel degandek gap. Shunday ekan, bu ma’lumotning hazil bo‘lib chiqish ehtimoli ham mavjud.

Lemar Londonga ko‘chib o‘tishi mumkin.

“Atletiko Madrid” vingeri Tomi Lemar o‘z faoliyatini APL jamoalaridan birida davom ettrishi mumkin. Bu haqida “Diario AS” axborot agentligi ma’lumot tarqatmoqda. Ayni damda futbolchi uchun asosiy da’vogar Londonning “Arsenal” jamoasi bo‘lib turibdi.

Londonliklar o‘tgan mavsumda ham Lemarni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi edi, biroq “Atletiko” futbolchini jamoada olib qolgan edi. Endilikda hujumchining o‘zi klubdan o‘zini transferga qo‘yishlarini iltimos qilmoqda. Gap shundaki, futbolchi “Ateltiko Madrid” safida yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti va o‘z faoliyatini qaytadan ishga tushirishni istamoqda.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda transfermarket portal futbolchini 30 million yevroga baholagan va “Matraschilar” ham futbolchining transferi uchun aynan shuncha pul ishtashmoqda.

“Everton” qishki transfer nishonini aniqlab oldi

“Everton” jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti klub rahbariyatidan “Napoli” hujumchisi Lorenso Insineniye xarid qilishlarini iltimos qildi. Bu haqida Le10Sport nashri xabar tarqatmoqda.Ayni damda Insiniye o‘zining eng yomon mavsumlaridan birini o‘tkazmoqda. Hujumchining klub muxlilsari va rahbarlari bilan aloqalari yomonlashgan.

“Everton” hujumchi uchun uzoq muddatli shartnoma taklif qilishga tayyor. Italiya klubi o‘z hujumchisi uchun 60 million yevrodan kamiga ko‘nmoqchi emas. Eslatib o‘tamiz, Insiniye “Napoli” safida 324 ta uchrashuvda ishtirok etgan o‘lsa, 81 ta gol va 72 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 11:27, 29.12.2019.
O'qildi: 8759 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.