Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

«Surxon» kelasi mavsumdan yangi «logotip» ostida harakat qiladi

«Surxon» kelasi mavsumdan yangi «logotip» ostida harakat qiladi

Baho:
+ | -

Superliga bahslarida ishtirok etayotgan «Surxon» jamoasi kelasi mavsumdan yangi logotip ostida harakat qiladi.

Yangi logotipda quyidagi ma’nolar aks etgan:

1. Quyosh.

Surxondaryo O‘zbekistonning janubida joylashgan viloyat hisoblanadi. Tarixdan Surxondaryo - quyoshli o‘lka deb yuritilib kelingan. Yoz faslida Surxondaryoda havo - harorati anchagina issiqni tashkil qiladi. Shunga monand logotipda quyosh tasviri aks ettirilgan.

2. Tog‘lar.

Surxondaryo o‘zining qadimiy tog‘lari va joylari bilan ham mashhur. «Boysun» tog‘ tizmasi, Boysun tog‘ tizmasidagi «Omonxona» bulog‘i, «Teshiktosh» g‘ori, «Dalvarzintepa», «Sangardak» va h.klar fikrimizning yaqqol dalilidir.

3. 1968.

«Surxon» futbol klubi 1968 yilda tashkil etilgan. Dastlabki mavsumda jamoa «Chegarachi» nomi bilan ishtirok etgan. Keyingi to‘rt yili «Avtomobilist» nomi ostida harakat qilgan. 2009-2010 mavsumda «Dinamo-Hamkor», 2010-2011 mavsumda «Termiz» nomi ostida harakat qilgan jamoa 2012 yildan yana o‘zining qadrdon «Surxon» nomi ostida harakat qila boshladi va bugungi kunda shu nom ostida harakat qilib kelmoqda. Logotipdagi 1968 yozuvi klub aynan shu yili tashqil etilganligi bildiradi.

4. Ot tasviri.

Ot tasviri ham Surxondaryo tarixiga bog‘langan. «Alpomish» dostonini o‘qimagan yoki eshitmagan o‘zbek farzandi mavjud emas. Halq og‘zaki ijodidan olingan ushbu doston nafaqat O‘zbekistonda, balki dunyoning bir qator mamlakatlarida ham sevib o‘qiladi. Alpomish" dostoni mazmuniga oid asosiy voqealar oltoy, tatar, boshqird, qozoq, qoraqalpoq va boshqa turkiy xalqlarda ertak, rivoyat, doston shaklida mavjud.

 “Alpomish” dostoni bizga vatanparvarlik fazilatlaridan saboq beradi. Odil va haqgo‘y bo‘lishga, o‘z yurtimizni, oilamiz qo‘rg‘onini qo‘riqlashga, do‘stu yorimizni, or-nomusimizni, ota-bobolarimizning muqaddas mozorlarini har qanday tajovuzdan himoya qilishga o‘rgatadi”.

«Alpomish» so‘zi ikki qismdan iborat bo‘lib, «alp» -ulkan, «pomish» - bahodir, pahlavon ma’nosini beradi.

BOYCHIBOR, Chibor — epik ot. Alpomishning xos oti, uning barcha safar va sarguzashtlarida ajralmas yo‘ldosh. Boychibor, Boybo‘rining xonazot yilqilaridan Tarlonbiyaning bolasi, epik an’ana asosida afsonaviy uchqur ot sifatida tasvir etiladi. «Alpomish» dostonida «Qo‘ltig‘ida to‘rt yarim gaz qanoti, asl tulpor ekan o‘zbekning oti», deb ta’riflanadi.

Shu va yana bir qancha faktlarga asoslanib, logotipda ot tasviri tushirilgan.

Xulosa qilib aytganda «yangi logotip» bevosita Surxondaryo tarixi bilan bog‘langan. Ushbu logotip bir qator mutaxassislar tomonidan ma’qul deb topildi.

Ushbu logotip «Surxon» jamoasining eng sodiq muhlislaridan biri, o‘zining o‘zgacha dizaynilari bilan barchaga tanilgan, Jahongir Buriyev tomonidan chizilgan.

«Surxon» futbol klubi ma’muriyati, o‘zining mehnati va yordamini ayamagan Jahongir Bo‘riyevga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Kiritildi: 18:02, 29.12.2019.
O'qildi: 3607 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.