Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

APL. «Chelsi» «Arsenal» maydonida g‘alabani «o‘g‘irlab» ketdi

APL. «Chelsi» «Arsenal» maydonida g‘alabani «o‘g‘irlab» ketdi

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 20-turi doirasida muxlislar London derbisiga guvoh bo‘lishdi. «Arsenal» o‘z uyida «Chelsi»ni qabul qildi.

Lempard shogirdlari o‘yinni faol boshlagandek ko‘ringan bo‘lsa-da, 13-daqiqada hisobni "kanonirlar" ochishdi. O‘zil burchakka yaqin joydan darvozaning yaqin ustuni tomon uzatma berdi. Chembers esa to‘p yo‘nalishi o‘zgartirgan bo‘lsa, Pyer-Emerik Obameyang 5 metrdan darvozani ishg‘ol qildi.

Oradan 5 daqiqa o‘tib Aleksandr Lyakazett juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Aks holda hisobdagi farq oshgan bo‘lardi.

O‘yin tugashiga 12 daqiqa qolganida Arteta jamoasi gol urish uchun qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Jo Uillok 11 metrdan darvoza tomon aniq zarba bera olmadi.

Bahs tugashiga 7 daqiqa qolganida esa "Arsenal" darvozaboni Bernd Leno qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Jarimadan yetkazilgan uzatmaga posbon yeta olmadi. Jorjinyo esa bo‘sh qolgan darvozani osonlik bilan ishg‘ol qildi.

Oradan 4 daqiqa o‘tib "Chelsi" raqibni "ko‘mib" qo‘ya qoldi. Mehmonlar qarshi hujumda 3ga 3 holatga chiqib ketishdi. Temmi Abraham esa darvozabonnin oyoqlari orasida to‘pni o‘tkazib, to‘rga joyladi.

Ushbu g‘alabadan keyin "Chelsi" o‘z ochkolarini 35taga yetkazib, 4-pog‘onani mustahkamladi. "Arsenal" esa 12-o‘ringa tushib qoldi.

Angliya premyer-ligasi, 20-tur
ARSENAL – CHELSI - 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 13 Obameyang, 1:1 – 83 Jorjinyo, 1:2 – 87 Abraxam.
Arsenal – Leno, Meytlend-Naylz, Chembers (Mustafi, 23), David Luiz, Ozil (Uillok, 76), Genduzi, Torreyra, Nelson (Pepe, 86), Lyakazett, Obameyang, Saka.
Chelsi – Arrisabalaga, Aspilikueta, Zuma, Tomori (Lempti, 59), Emerson (Jorjinyo, 34), Maunt, Kovachich (Xadson-Odoi, 70), Villian, Kante, Ryudiger, Abraxam.
Ogohlantirishlar: Genduzi (10), Maunt (30), Kante (30), Ryudiger (34), David Luiz (47), Jorjinyo (55), Torreyra (73), Lyakazett (77), Meytlend-Naylz (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:57, 29.12.2019.
O'qildi: 4210 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик