Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

«Monterrey» murabbiyi vafot etgan o‘g‘liga bergan va’dasini bajarib, yig‘lab yubordi

«Monterrey» murabbiyi vafot etgan o‘g‘liga bergan va’dasini bajarib, yig‘lab yubordi

Baho:
+1 | -

«Monterrey» klubi pley-off bosqichi finalida g‘alaba qozonib, Meksika chempionligini qo‘lga kiritdi. «Amerika»ga qarshi ikkita o‘yin natijasida durang (3:3) qayd etilgan bo‘lsa, penaltilar seriyasida «Monterrey» 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa, jamoa 2010 yildan beri ilk marta chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Penaltilar seriyasida g‘alaba to‘pi kiritilganidan keyin «Monterrey» futbolchilari g‘alabani nishonlash uchun maydonga yugurib chiqib ketishdi, ammo klub bosh murabbiyi Antonio Muhammad zaxira o‘rindig‘ida qoldi va qo‘lida tasbehni ushlagancha xo‘ngrab yig‘lab yubordi. Boisi, u hayotidagi eng katta va’daning ustidan chiqqan edi.

Antonio Argentinaning Buenos-Ayres shahrida tug‘ilgan bo‘lsa-da, uning kelib chiqishi Livan va Suriya mamlakatiga borib taqaladi. Uning futbolchilik va murabbiylik faoliyati asosan Argentina va Meksika klublari bilan bog‘liq. Muhammad 1998-2000 yillarda «Monterrey»da hujumchi sifatida o‘ynagan va uning o‘g‘li Farid bu klubni yaxshi ko‘rib qolgan.

Antonio esa o‘z o‘g‘liga vaqti kelib «Monterrey»ga qaytishga va sovrin qo‘lga kiritishga va’da bergan edi. Farid esa 2006 yilda avtohalokat tufayli hayotdan ko‘z yumgan. O‘shanda Muhammad ham oyog‘idan ajralishiga bir baxya qolgan.

Fojia Germaniyada ro‘y bergan edi. Farid Argentina terma jamoasini JCH-2006da qo‘llab-quvvatlashni istagan edi. Otasi esa uni Mundialga olib kelgan edi. Drezden-Frankfurt trassasida mashina qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib, ota-o‘g‘il o‘tirgan o‘tirgan avtomobilga kelib urilgan edi...

Antonio Muhammad murabbiylik faoliyati davomida «Tixuana» va «Amerika» bilan ikki marta Meksika klausurasida g‘olib chiqqan. 2015 yilda esa «Monterrey»ni qabul qilib oldi. U dastlabki 3 yilda jamoani ikki marta chempionat finaliga olib chiqib, har ikkalasida imkoniyatni boy berdi. Shundan so‘ng u Ispaniyaning "Selta" klubiga yo‘l oldi. Muhammad 2019 yilda jamoaga qaytdi va chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Bundan 2 hafta ilgari Antonio «Monterrey» bilan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi. Jamoa chorak finalda Qatarning "As-Sadd" klubini mag‘lub etgan bo‘lsa, yarim finalda "Liverpul"ga imkoniyatni boy berdi. 3-o‘rin uchun o‘yinda Saudiyaning "Al-Hilol" klubini penaltilar seriyasida mag‘lub etdi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 08:18, 31.12.2019.
O'qildi: 6082 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.