Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

Shomurodov Messi, Jezus, Son Xyon Min, Lukaku va Maneni ortda qoldirdi

Shomurodov Messi, Jezus, Son Xyon Min, Lukaku va Maneni ortda qoldirdi

Baho:
+ | -

"Rostov" klubi va O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federasiyasi (IFFHS) tomonidan e’lon qilingan reytingda 11-o‘rinni egalladi.

IFFHS 2019 yil yakunlari bo‘yicha klub va terma jamoa safida xalqaro o‘yinlarda urilgan gollar bo‘yicha eng yaxshi to‘purarlar reytingini e’lon qildi.

O‘tgan yil davomida O‘zbekiston terma jamoasi safida 13ta gol urgan Shomurodov ushbu reytingning 11-pog‘onasiga joylashtirildi. "Rostov" yevrokuboklarda ishtirok etmagani bois, hamyurtimiz hisobida o‘z klubi safida xalqaro o‘yinlardagi gollari mavjud emas.

Ushbu natija orqali Eldor taniqli futbol yulduzlari — Leo Messi, Gabriyel Jezus, Son Xyon Min, Romelu Lukaku va Sadio Maneni ortda qoldirdi.

Krishtianu Ronaldu esa reytingda 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. U Portugaliya terma jamoasi safida 14ta, "Yuventus" bilan Yevropa chempionlar ligasida 7ta, jami 21ta gol bilan peshqadamlikni qo‘lga kiritdi.

BAAning "Al-Jazira" klubi hujumchisi Ali Mabxut terma jamoa safida 19ta gol urib, 2-pog‘onani zabt etdi. Kuchli uchlikka "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn kiritildi (12+7).

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov O‘zbekiston terma jamoasi safida shu paytgacha 43ta o‘yinda maydonga tushib, 20ta gol urgan.

Xalqaro o‘yinlarda urilgan gollar bo‘yicha to‘purarlar jadvali (01.01.2019 — 31.12.2019)

Futbolchi (mamlakati, klubi)

Gollari

jami

 1.

Krishtianu Ronaldu (Portugaliya, "Yuventus")

14 + 7

21

 2.

Ali Mabxut (BAA, "Al-Jazira)

19 + 0

19

 3.

Xarri Keyn (Angliya, "Tottenxem")

12 + 7

19

 4.

Rahim Sterling (Angliya, "Manchester Siti")

8 + 9

17

 5.

Ali Almoyez (Qatar, "Ad-Duhayl")

15 + 1

16

 6.

Robert Levandovski (Polsha, "Bavariya")

6 + 10

16

7.

Umar as-Soma (Suriya, "Al-Ahli")

8 + 7

15

8.

Bag‘dod Bunedja (Jazoir, "As-Sadd")

8 + 6

14

8.

Lautaro Martines (Argentina, "Inter")

8 + 6

14

10.

Olivye Jiru (Fransiya, "Chelsi")

6 + 8

14

11.

Eldor Shomurodov (O‘zbekiston, "Rostov")

13 + 0

13

12.

Serj Gnabri (Germaniya), "Bavariya")

9 + 4

13

13.

Sardor Azmun (Eron, "Zenit")

8 + 5

13

14.

Lionel Messi (Argentina, "Barselona")

5 + 8

13

15.

Befetimbi Gomis (Fransiya, "Al-Hilol")

0 + 13

13

16.

Gabriyel Jezus (Braziliya, "Manchester Siti")

7 + 5

12

17.

Baho Faysal (Iordaniya, "Al-Vihdat")

6 + 6

12

18.

Son Xyon Min (J.Koreya, "Tottenxem"

3 + 9

12

19.

Aleksandr Mitrovich (Serbiya, "Fulxem")

11 + 0

11

19.

Eran Zaxaviy (Isroil, "Guangjou RF")

11 + 0

11

21.

Toni Kaltak (Vanuata, "Erakor Golden Star")

10 + 1

11

22.

Artyom Dzyuba (Rossiya, "Zenit")

9 + 2

11

23.

Raul Ximenes (Meksika, "Vulverxempton")

8 + 3

11

23.

Jorjo Veynaldum (Niderlandiya, "Liverpul")

8 + 3

11

25.

Sadio Mane (Senegal, "Liverpul")

7 + 4

11

25.

Romelu Lukaku (Belgiya, "Manchester Yunayted")

7 + 4

11

27.

Akrom Afif (Qatar, "As-Sadd")

6 + 5

11

27.

Memfis Depay (Niderlandiya, "Lion")

6 + 5

11

29.

Enner Valensiya (Ekvador, "Tigres")

4 + 7

11

30.

Jekson Muleka (Kongo, "Mazembe")

3 +8

11

 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:20, 02.01.2020.
O'qildi: 15746 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.