Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Orif Tolipov blogi: «Janob jvachka»

Orif Tolipov blogi: «Janob jvachka»

Baho:
+ | -

France Football jurnali tarixdagi eng kuchli 50 nafar fuhbol murabbiyi nomini e’lon qildi. Unga ko‘ra, niderlandiyalik Rinus Mixels birinchi o‘rinni ko‘lga kiritgan. "Total futbol"ning ilk amaliyotchilaridan biri bo‘lgan Mixels "Ayaks", "Barselona" hamda Niderlandiya termasidagi faoliyati bilan yoshi katta va yoshi ulug‘ futbol ishqibozlariga ko‘proq tanish nom bo‘lsa kerak. Masalan men bu shaxsni faqat o‘qib o‘rganishim mumkin.

Lekin, top-50 reytingning ikkinchi o‘rinidagi murabbiy faoliyati men uchun tanish va juda qadrli. Faqat men uchun shunday bo‘lmasa kerak. Ushbu matnni o‘qiyotganlar orasida, qaysi klubga muxlislik qilishidan qat’iy nazar Ser Aleks Fergyusonni hurmat qiladiganlar ko‘pchilikni tashkil qilsa ne ajab. Bu inson bir klubda o‘yini farqli, natijasi birdek yuksak bo‘lgan bir necha avlod shakllantira olgani bilan juda qadrli menga. Yana kimgadir boshqa jihati qadrliroq uning.

Bolalikda dadam bilan klubi o‘yinlarini ko‘rganimizda men uchun uning nomi boshqacha bo‘lardi. "Jvachka" derdim uni ekranda ko‘rib qolsam. Tinmay saqich chaynab o‘yinni kuzatuvchi bu kishi o‘zgarishlardagi topqirligi bilan ko‘p ajablantirardi. Teddi Sheringem, Ole Gunnar Sulsher, Karlos Teves va boshqalar maydonga tushar ekan raqib birinchi psixologik zarbani qabul qilib olardi. Keyin vaziyat o‘zgarib ketar, u esa saqich chaynashda davom etaverardi.

U press-konferensiyalarda tiliga erk bermasdi. Uzoq yillik faoliyati mojarolarsiz o‘tmagan, tabiiy. Ammo, baribir u haqiqiy bir jentlmen, rostmana bir risar edi. Kechagina ijtimoiy tarmoqda bir iqtibosiga ko‘zim tushdi. Ma’no shunday edi: maydonda vaziyat qiyin bo‘lib turgandagina haqiqiy futbolchilarni ajrata boshlaysan. Hayotda ham shunday, qiyinchilik davrlarda asliyat namoyon bo‘ladi!

Shu kunlarda bu insonning avtobiografik kitobini mutolaa qilyapman. Asar uni yozishga ko‘maklashgan insonlarga minnatdorlik izhori bilan boshlanadi. Bir chekkadan hammani eslaydi qariya. Noshir, suratchi, musahhih... barchani iliq so‘zlar bilan alohida eslaydi. Endi bir tasavvur qiling, 27 yil umri o‘tgan klubda unga ko‘maklashganlarga munosabati qanday bo‘lar ekan?!

Xullas, Fergyuson men uchun futbol sport turining, u ilgari suradigan falsafaning tirik ramzi.

Bir, orzum bor! Yaqin vaqt ichida "MYU" Chempionlar ligasi yo APLni yutsa-yu, sovrinni sardorga Fergi amaki topshirsa! Ya’ni, hayot ekanida butun umrini bag‘ishlangan jamoasi yuksalishini yana bir bor ko‘rsa bu keksa shotland!

To‘g‘ri tushunasiz deb umid qilaman. Bu yerda bir klubga muxlislik elementi aslo yo‘q! Bu - futbolga muxlislik, nazdimda!

Orif Tolipov.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 08:08, 04.01.2020.
O'qildi: 3837 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.