Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Messimi? Ronaldumi? Yo‘q, Zlatan!

Messimi? Ronaldumi? Yo‘q, Zlatan!

Baho:
+ | -

Bu haqda ko‘p gapirmoqchi emasman. Shunchaki qisqagina fikrim bor.

Ronaldu bilan Messini taqqoslash bugungi kunda urfdan qolyapti. Chunki bugun bu raqobat avvalgidek dolzarb emas.

Nega bu haqda so‘z ochdim? "Yuventus"ning yangi futbolchisi "Messi Ronaldudan kuchli", dedi. Tabiiyki, Turin klubiga Ronaldu tufayli muxlislik qilayotganlar bu futbolchiga nisbatan salbiy tasavvurni ham shakllantirishga ulgurishgan. Yoki boshqa bir futbolchi Krishtianu yoki Messidan birini ustun qo‘ysa, hali ham «go‘riga g‘isht qalashga» tushamiz. Endi shart emas.

O‘z o‘rnida bugun men ushbu raqobatni esdan chiqardim, hech kimga muxlislik qilmayman, garchi o‘z vaqtida tarozi pallam Ronaldu biroz yon bosgan esa-da...

Aytmoqchi bo‘lganim, bugun Ronaldu — Messi raqobati bir-birimiz bilan tortishadigan darajada ahamiyatga ega emas. Bugun Messi jarima zarbalaridan gollar uryapti, bugun Ronalduda bunday jihat sustroq.  Bugun Messi Ronaldu kabi bosh bilan zarba bera olmaydi, penalti tepish borasida hamon Krishtianudan ortda. Aytgancha, Ronalduni "Penaldu" deb ustidan kuladiganlar bor. Vaholanki, "Penaldu" bo‘lish ham har kimga emas. Biz qaysi futbolchini ustun qo‘ymaylik, yuqoridagi faktlar o‘zgarmaydi.

 O‘z o‘rnida Ronalduning "Real"ga o‘tishi Messi bilan o‘rtasida jiddiy raqobat keltirib chiqargandi, chunki Messi "Barselona"da o‘ynardi. Tushundingiz-a? Ronaldu va Messining raqobati kuchayishiga "Barselona" va "Real"ning raqobati ham turtki bo‘ldi. Agar o‘shanda Ronaldu "Valensiya" yoki "Sevilya"ga o‘tganida raqobat bunchalik bo‘lmasdi.

Xulosam shu: Ronaldu "Yuventus"ga ketdi. Stop! Raqobat ham susaydi. Faqat buni siz ham his qiling. Bu yog‘iga Messi ham, Ronaldu ham emas, futbol, toza, samimiy futbol...

Yaxshiroq e’tibor bering, ayni damda futbol olamida bu ikki futbolchidan ham muhimroq voqealar sodir bo‘lyapti. Karlo ota APLga kelib, raqobatni yanada kuchaytirdi. Zlatan A seriyada. Ayni damda A seriyada unga bo‘lgan qiziqish bir paytlar Ronalduga bo‘lgan qiziqishdan kam emas. Hozir «Milan»dagi Zlatan «Barselona»dagi Messi yoki «Yuventus»dagi Ronaldudan ko‘proq e’tiborni tortyapti.

O‘zimga kelsak, shaxsan men uchun bugun "Ronaldu" — "Messi" raqobatidan ko‘ra "Lester"ning qayta yozayotgan ertagi muhimroq... Agar «ertak» oxirigacha o‘xshasa…

 

Nizomjon ISLOMOV

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:35, 04.01.2020.
O'qildi: 6013 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик